“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 14:30
ЎЗO‘Z

Mutaxassis O‘zbekistonda qaysi dori samara keltirayotganini aytdi

03 apr, 13:30 4 623 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mutaxassis O‘zbekistonda qaysi dori samara keltirayotganini aytdi OKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifing davomida mutaxassis fuqarolardan kelgan bir qator savollarga javob berdi.

— Odam kunlik ehtiyoj uchun ko‘chaga chiqqanda (do‘konga, dorixonaga va h.k.) oldidan chiqqan odamdan kasallikni yuqtirib olish va uydagilarga yuqtirib qo‘yish mumkinligi to‘g‘risida fikr (vahima, qo‘rquv) paydo bo‘lsa, uyga qaytib kelgach, o‘zini qanday tutishi kerak, kimga murojaat qilish kerak?
— Karantin paytida ham ehtiyoj tufayli do‘konga yoki dorixonaga chiqishga to‘g‘ri kelsa, qaytib kelgach bolalaringiz bilan ko‘rishish, erkalatish va gaplashishdan oldin qo‘lingizni yaxshilab sovun bilan yuving, og‘zingizni va burningizni suv bilan bir necha marotaba chaying, imkon bo‘lsa antiseptik vositalar bilan qo‘lingizga ishlov bering. Bilingki, qo‘rquv, vahima va hadik ham — kasallanishdan saqlaydigan ma’naviy immunitetlardan biri hisoblanadi.

— Ijtimoiy dorixonalarda dori narxini davlat belgilab beradimi? Kim nazorat qiladi narxlarni?
— Prezident qarori bilan Ijtimoiy dorixonalar dori vositalariga ustamani 10 foizdan oshirmasligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi zimmasiga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya etishini tizimli asosda nazorat qilish vazifasi yuklangan.

— Virus yuqishining yengil, o‘rtacha, og‘ir yoki shunga o‘xshash darajasi bo‘ladimi, shu haqida ma’lumot bersangiz?
— Virus yuqishi bo‘yicha bu kabi darajalarga bo‘linmaydi. Faqat odamlarda kasallik yengil, o‘rta og‘irlikda, og‘ir holatda kechishi mumkin. Kasallikning bu kabi kechishi organizmga tushgan virusning miqdoriga, uning virulentligi, patogenligi va kasallikni yuqtirib olgan shaxsning immun tizimiga bog‘liq.

— Hozirda davlat ixtiyorida nechta test tizimi mavjud? O‘zimizning mutaxassislar ishlab chiqayotgan test tizimlari qachon foydalanishga beriladi?
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda polimeraza zanjirli reaksiyasini aniqlaydigan 200 mingdan ortiq test mavjud. Innovatsion rivojlanish vazirligi ilg‘or texnologiyalar markazi direktori ma’lumot berishicha, ular oy oxirigacha 50 ming test tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bunga qadar ular Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida klinik sinovlarni yakunlab, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga hujjatlarni taqdim etishlari kerak.

— Ma’lum yillar oldin Kubada yaratilgan dori koronavirusga qarshi 100 foiz natija berarkan, hatto AQSHda yoshi kattalar ham ushbu preparat yordamida tuzalibdi. Bu dori koronavirusga qarshi ta’sir qilayotganini AQSH tibbiyot agentligi ham tasdiqlabdi.Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu xabarga munosabatingiz?
— «INTERFON ALFA B2» dorisining koronavirusga qarshi samarasini tasdiqlovchi klinik protokollar jahon miqyosida mavjud emas. O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda «XLORAXIN» preparatining organizmning virusdan tozalanishida samarasi yaqqol namoyon bo‘layapti.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Nurmat Otabekov O‘zbekistonda karantinga olingan fuqarolar soni haqida ma’lumot bergani va ular orasidan yana koronavirusga chalinganlar chiqishiga tayyor turishimiz kerakligini aytgani xabar qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 21
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 36
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 135
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 166
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 56
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 21
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 273
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 53
  • Bo‘limlar