“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:25
ЎЗO‘Z

Masofadan ishlash: ish tartibi, vaqti va haq to‘lash haqida

03 apr, 13:50 3 550 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Masofadan ishlash: ish tartibi, vaqti va haq to‘lash haqida Adliya vazirligiga tegishli «Huquqiy axborot» kanali ayni kunlarda muhim ahamiyat kasb etayotgan mavzu - masofadan ishlash masalasi bo‘yicha tushuntirish berib o‘tdi.

Masofadan ishlash deganda o‘zi nima tushuniladi?
Xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, doimiy ish joyi, hudud yoki ob’ektdan tashqarida bajariladigan ish usuli tushuniladi.

Qanday toifadagi xodimlar vaqtincha masofaviy ishlash tartibiga o‘tishi mumkin?
Birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar. Ulardan keyin, boshqa xodimlar masofaviy ishlash tartibiga o‘tishi mumkin.

Masofaviy ishlash uchun alohida buyruq chiqarilishi shartmi?
Albatta, xodimni masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazishda ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik ishga o‘tkazish haqida muddati ko‘rsatilgan buyruq chiqariladi.

Masofaviy ishga o‘tayotganda mehnat shartlari qanday belgilanadi?
Masofaviy ishga o‘tkazilganda ish beruvchi va xodim o‘rtasida ilgari tuzilgan mehnat shartnomasiga tegishli o‘zgartirish kiritiladi. Mehnat shartnomasida masofaviy ishlash davridagi mehnat shartlari kelishib olinadi.

Ish vaqtining davomiyligi va tartibi qanday belgilanadi?
Bunday holda, xodim ishlab chiqarish topshirig‘ining hajmi va mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda ish vaqti va davomiyligini mustaqil belgilaydi.

Xodim masofadan ishlasa, unga haq to‘lash masalasi qanday bo‘ladi?
Masofaviy ishda ishlovchi xodim ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlanishini hisobga olgan holda, u tomonidan bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Xodimning masovafiy ishda ishlagani uning ta’tilga chiqishiga ta’sir qiladimi?
Yo‘q ta’sir etmaydi. Bunday holda xodim ta’tillar jadvaliga muvofiq mehnat ta’tiliga chiqish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarini to‘liq saqlab qoladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 139
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar