“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:53
ЎЗO‘Z

Koronavirus yuqtirganlarning 25 foizida alomatlar ko‘zga tashlanmaydi, lekin ular virusni boshqalarga yuqtiradi

03 apr, 10:36 2 815 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus yuqtirganlarning 25 foizida alomatlar ko‘zga tashlanmaydi, lekin ular virusni boshqalarga yuqtiradi Foto: YERA/TASS
Alomatlarsiz virus tashuvchilar infeksiya tarqalishini nazorat qilishda qiyinchilik tug‘diradi, deb hisoblaydi CDC. Yo‘talayotgan va harorati baland insonlarni aniqlab, izolyatsiyalash endi yetarli chora emas, ommaviy testdan o‘tkazish va ijtimoiy izolyatsiya zaruriyati yuzaga chiqqan. Yo‘qsa, epidemiyaning o‘sishini to‘xtatib bo‘lmaydi.

So‘nggi haftalarda yangi SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirgan insonlarning katta qismida hech qanday alomatlar yuzaga chiqmasligi haqida ko‘plab ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. AQSHning kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish bo‘yicha markazi (CDC) direktori Robert Redfildning fikricha, bunday bemorlar ulushi 25 foizgacha borishi mumkin.

Redfilning qayd etishicha, alomatlarning yo‘qligi koronavirus tashuvchisi atrofdagilar uchun zararli emasligini anglatmaydi. Aksincha, alomatlarsiz bemor boshqalarga virusni yanada faolroq yuqtiradi, chunki o‘zi ham kasal ekanligi borasida shubhaga bormaydi va ehtiyot choralarni ko‘rmaydi. Ehtimol, aynan shunday kishilar koronavirusning shiddat bilan tarqalayotgani uchun mas’uldir.

COVID-19ning alomatlarsiz holatlari mavjudligi pandemiyani jilovlashni murakkablashtirmoqda, deya qayd etadi New Atlas. Kasallikning tipik alomatlari — yo‘tal, nafas olish og‘irlashuvi va baland haroratga ega insonlarning barchasini topish va izolyatsiya qilish endi yetarli chora emas. Bunday sharoitlarda ijtimoiy masofalashuv va ommaviy testdan o‘tkazish zaruriyati ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.

COVID-19ning yashirin davri (14 kun) uzoqligi ham muammo yaratmoqda. CDCning yangi hisobotiga ko‘ra, virus yuqtirib olgan insonlar dastlabki alomatlar paydo bo‘lgunga qadar 1–3 kun ichida boshqalarga yuqtirishi mumkin.

Alomatsiz va alomatlar bo‘y ko‘rsatish avvalida yuqtirishlar to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar CDC vakillarini ayrim yangi tavsiyalar ishlab chiqishga majbur qildi. Ilgari bu tashkilot JSST bilan bir qatorda tibbiyot xodimlari, bemorlar va ularga uyda qarashayotgan insonlarga tibbiyot niqobi taqishni tavsiya qilgan edi. Endi ular barchaga maska taqishni tavsiya etishmoqda — bu kasallik alomatlari yuzaga chiqmagan bemorlar boshqalarga virusni yuqtirib qo‘ymasligini ta’minlaydi. Bu pozitsiyani rasman qayta ko‘rib chiqish hozircha yuz bergani yo‘q.

Islandiyada o‘tkazilgan ommaviy testdan o‘tkazish ma’lumotlariga ko‘ra, alomatlari yuzaga chiqmagan kasallar soni yanada ko‘proq — 50 foizgacha bo‘lishi ham mumkin. Bu esa pandemiyaning haqiqiy miqyosi mavjud baholashlardan ko‘ra kattaroq ekanini anglatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar