“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:06
ЎЗO‘Z

Yuk mashinasida Toshkentdan Xorazmga odam olib ketayotgan shaxs aniqlandi (video)

03 apr, 07:17 3 135 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuk mashinasida Toshkentdan Xorazmga odam olib ketayotgan shaxs aniqlandi (video) Samarqand shahriga kirish postida yuk mashinasining yukxonasida Toshkentdan Xorazmga odam olib ketayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» axborot dasturi tomonidan ma’lum qilindi.

Yuk avtomobilida o‘z manziliga yetib olmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilardan birining aytishicha, bir kishi uchun yengil avtomobilda Xorazmga borish narxi 1,5 million so‘mga yetgan. Yuk mashinasi haydovchisi esa uni 150 ming so‘mga Xorazmga olib borishga rozi bo‘lgan.

Yuk mashinasi haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilarning o‘zi avtobusda, taksida ketishga puli yo‘qligi sababli undan Xorazmga olib ketishni so‘ragan. Yo‘lovchilar buning uchun haydovchiga 100-150 ming so‘mdan berishini aytgan.

Samarqand shahar IIB tomonidan haydovchi va uning yordamchisiga nisbatan bayonnoma tuzilgan. Shuningdek, haydovchi va yuk mashinasidagi yo‘lovchilar Samarqandda karantinda saqlanadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 27 martdan boshlab viloyatlararo transport qatnovi to‘xtatilgan, biroq cheklov yuk mashinalariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shuningdek, 30 martdan shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi.

pic.twitter.com/p14ro8xD4Y

— Shukhrat (@bankir2102) April 2, 2020




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar