“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:50
ЎЗO‘Z

Ekspert: «Mirziyoyev mintaqa rahbarlari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishi bilan yanada faollashdi»

03 apr, 06:26 2 471 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ekspert: «Mirziyoyev mintaqa rahbarlari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishi bilan yanada faollashdi» Foto: Prezident matbuot xizmati
Koronavirusning birinchi holati 12 mart kuni Qozog‘istonda qayd etildi. Ketma-ket tarzda Qirg‘iziston va O‘zbekistonda ham virus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytda mintaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston virusga qarshi kurashmoqda va uning tarqalishini to‘xtatish choralarini ko‘rayotir. Tojikiston va Turkmanistonda esa virus qayd etilmagan.

Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari 2018 yilda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda birdamlikni namoyish etdilar. Bu mintaqa davlatlari rahbarlarining deyarli 20 yil ichidagi birinchi sammiti edi. Rahbarlar 2019 yil noyabr oyida yana Toshkentda xuddi shunday sammitda uchrashdilar.

Joriy yilning mart oyi oxirida O‘zbekiston yetakchisi favqulodda tashabbus bilan chiqdi. O‘zbekiston Qirg‘izistonga niqoblar, himoya kiyimlari va virusga qarshi himoya vositalaridan iborat insonparvarlik yordamini jo‘natdi. O‘zbekiston mintaqada yaxshi qo‘shnichilik siyosatini izchillik bilan davom ettirayotgani shundan ham ko‘rinib turibdi.

Agar Markaziy Osiyo hududidagi sa’y-harakatlarni faol ravishda muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan bitta odam bo‘lsa, bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining birinchi holati 15 mart kuni qayd etildi.

18 mart kuni Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali virus tarqalishining oldini olish uchun ikki mamlakat qanday choralar ko‘rayotgani haqida gaplashdi. 20 mart kuni Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qilgan, muloqotda koronavirus bilan kurash masalasi ham muhokama qilingan.

1 aprelga kelib Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish holati 380 tani tashkil etgan. Shu sanada qo‘shnilari orasida aholisi eng zich mamlakat bo‘lgan O‘zbekistonda 173 ta, Qirg‘izistonda 111 ta yuqumli kasallik qayd etilgan.

Yaqinda Mirziyoyev shuningdek, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan kamida ikki marta suhbatlashdi - 18 mart va yana 27 mart kunlari. O‘zbekiston Prezidentining Tvitterdagi xabariga ko‘ra, ikki prezident o‘rtasida «pandemiyaga qarshi samarali hamkorlik» va koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha birinchi navbatdagi choralar haqida suhbat bo‘lib o‘tgan.

27 mart kuni Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan «epidemiologik vaziyat» haqida telefon orqali gaplashdi.

Bundan bir kun oldin Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan telefon orqali suhbatlashdi, unda «hozirgi pandemiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» fikr almashildi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari va Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgani uchun, ushbu inqiroz davrida barcha qo‘shnilar bilan aloqada bo‘lishi mantiqan to‘g‘ri. Ammo Mirziyoyevga qoyil qolmay iloj yo‘q, chunki janob Mirziyoyev har qachongidan ko‘ra ko‘proq mintaqa mamlakatlari bilan muvofiqlashtirish borasida ishlarni amalga oshirdi. Epidemiologik vaziyat jiddiylashgani sari mintaqada Mirziyoyevning harakatlari tobora muhim bo‘lmoqda.

Tojikiston va Turkmanistondan farqli O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi vaziyat keskin farq qiladi, mazkur respublikalar hukumatlari fuqarolarga bir qator cheklovlar qo‘yib, uydan chiqmaslikni maslahat bermoqda.

Turkmaniston rasmiylari xalqaro reyslarning sharqiy Turkmanobod shahri yaqinidagi ikkinchi aeroportga yo‘naltirilishini, karantin lagerlarini tashkil etishni, shuningdek, mamlakatda ichki harakatni keskin cheklashni o‘z ichiga olgan choralarni ko‘rmoqda.

Tojikiston hozircha bunday ehtiyot choralarini ko‘rmagan va odatdagidek mamlakatda do‘konlar va bozorlarda bemalol savdo olib borilmoqda. Sayohatlar davom etmoqda.

Bryus PANNIYER,
Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha ekspert, RFЕ/RL kolumnisti




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar