“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:26
ЎЗO‘Z

Vazirlik ijtimoiy tarmoqdagi muhokamalar bo‘yicha: «Xayriya qilmaslik ayb emas»

02 apr, 23:55 2 003 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazirlik ijtimoiy tarmoqdagi muhokamalar bo‘yicha: «Xayriya qilmaslik ayb emas» So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda xayriya masalasi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzular qatorida turibdi. Jumladan, fuqarolarimiz ma’lum toifa yoki kasb egalarining xayriya jarayonida yetarlicha faol emasligini tanqid ostiga olmoqdalar. Ushbu masala ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lganligi va ayni kunlarda o‘ta dolzarb ekanligini hisobga olib quyidagilarni fikrlarni ma’lum qilishni lozim deb topdik.

Birinchi, masalaning huquqiy jihati. «Homiylik to‘g‘risida»gi Qonunda yuridik va jismoniy shaxslar homiylikni ixtiyoriy ravishda hamda moneliksiz amalga oshirishga haqli ekanligi qayd etilgan. Xuddi shunday, Fuqarolik kodeksining 511-moddasiga ko‘ra xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.

Shunga ko‘ra, xayriya faoliyati ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladigan jarayondir va hech bir yuridik yoki jismoniy shaxsni turli ijtimoiy bosimlar yoki boshqa usullar bilan homiylik faoliyatiga majburlash mumkin emas. Shu bilan birga, qonunlarimiz har bir shaxsning o‘z mehnati bilan erishgan moddiy vositalarini qonunlarda belgilagan talablarga rioya etgan holda erkin tasarruf etishini kafolatlaydi.

Ikkinchi, masalaning axloqiy jihati. Birovni xayriya qilmaganlikda ayblash va buni yomon ish sifatida muhokama qilish umuminsoniy va milliy axloqiy-etik prinsiplarga mos emas. Chunki xayriya qilmaslik ayb emas, jinoyat ham emas. Eng muhimi, hech kim biror shaxsning aslida xayriya qilgan-qilmaganini aniq bilmaydi ham. Chunki ko‘pchilik xayr-ehson qilganda manmanlik, maqtanchoqlikdan yiroq bo‘lish uchun uni ommaga ma’lum qilmay, yashirin tarzda amalga oshirishi mumkin. San’atkorlar va yoki boshqa toifaning xayriya tadbirlaridan chetda turibdi deb ayblashimiz ularga nisbatan adolatsizlik hamdir.

Chunki «O‘zbekkonsert» tashkiloti bergan ma’lumotlariga ko‘ra, san’atkorlar karantin davridan buyon 352 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya qilgan. Biz bu xayriya tadbirlari yana davom etayotganiga ishonamiz. Bir mashhur rivoyatda aytilganidek, aslida bizga yomon ko‘ringan inson eng yaxshi ishlarni qilayotgan bo‘lishi va biz bundan bexabar bo‘lishimiz mumkin. Demak, o‘zimiz yaxshi bilmagan ma’lumotlar asosida, qolaversa qonunan va ma’nan haqqimiz bo‘lmagan holda birovlarni xayriya qilmaslikda ayblash to‘g‘ri emas.

Uchinchi, masalaning diniy jihati. Insonlar haqida yomon gumonda bo‘lish, yolg‘on va xato ma’lumotlar asosida birovlarni ayblash va malomat qilish Islom dinida ham qoralanadi. Qur’oni karimning «Hujurot» surasi 12-oyatida: «Ey, iymon keltirganlar! Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir», deyilgan. Xayr-ehson, avvalo, Alloh yo‘lida va uning uchun qilinadi deb ishonadi mo‘min inson. Shunday ekan, bu Yaratgan va bandasi o‘rtasidagi masala bo‘lib, uni boshqalar baholashi va muhokama qilishi o‘rinlimikan?

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, xayriya tadbirlari murakkab vaziyatda insonlarni o‘zaro yaqin va birdam bo‘lishga, jamiyatni yanada birlashishga sabab bo‘lmoqda. Bu ijobiy holat, chunki jamiyatning umumiy muammolar qarshisida birlashuvi fuqarolik jamiyatining kuchayishiga olib keluvchi ijobiy omildir. Biroq xayriya ixtiyoriy tadbir ekanini, uni har bir kimsa o‘z irodasi va shaxsiy tashabbusiga ko‘ra amalga oshirishi lozimligini, xayriya haqida noto‘g‘ri mulohazalar esa jamiyat birdamligiga putur yetkazishini unutmaslik kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
    1. Ulugbek 5 апреля 2020 23:14
      O'zbekiston.Respublikasi.Boshvaziri.Abdulla.Aripov.Nigmatovichga.iltilomos.qilaman.Men.Meliqulov.Ulugbek..men.ota onam.vafotetgan.meni.2 nafar.ukambor.men.ukamniuqutishim.kerak.ishka.kirgishim.kerak uylantirishim.kerak.va.uzim.uylanishim.kerak.Meni.Navoiy..da.ota.onam.xechkim.yodam bermadi.Vertual Qabulxonasi.2017yil.dabirmirjatqilman.2020.men.Abdulla.Aripov.Boshvaziri.Qabuliga.kirishimuch.yordam.berishingizni.iltimos.qilaman.942571718
    Bo‘limlar