“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:15
ЎЗO‘Z

Karantin davri kimlarda og‘ir kechadi?

02 apr, 12:05 3 150 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin davri kimlarda og‘ir kechadi? Koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘plab mamlakatlarda joriy qilingan majburiy karantin va o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimi millionlab odamlarning odatiy turmush tarzini jiddiy ravishda o‘zgartirdi.
Mutaxassislar karantinni qanday o‘tkazish, unda o‘zini tutish va nimalar qilish kerakligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Ko‘plab taniqli kishilarning xatti-harakatlarini o‘rgangan mutaxassis, shu sohada qator kitoblar muallifi Patrik Uenis karantin vaqtida odam turli xil yoqimsiz psixologik zo‘riqishlarga duch kelishi mumkinligini aytadi.

«Bu – qo‘rquv, xavotir, vahima, tushkunlik, turli fobiya va umidsizlik bo‘lishi mumkin... Bunday vaziyatda eng yaxshi harakatlar rejasi – nimaga qodirligingizni va nimalarni nazorat qila olmasligingizni aniqlay olishingizdir. Nazorat qila olmaydigan narsalarni boshqarishga urinish yanada ko‘proq muammolar tug‘diradi. Aksincha, nazorat qila olmaydigan jihatlar borligi tan olinsa, stress va qo‘rquv kamayadi», deydi Patrik Uenis.

Mutaxassislar, shuningdek, pandemiyaning davomiyligi va «biz (jamiyat) undan keyin qanaqa bo‘lishimiz» nuqtai nazaridan vujudga keladigan mavhumlikning muhim omiliga e’tibor qaratishdi.

Psixologiya bo‘yicha qator kitoblar muallifi Elis Boysning ta’kidlashicha, inson xavf ostida qolganda, unga nisbatan diqqatni jamlashga moyil bo‘lib, boshqa voqea-hodisalarga e’tibor qaratishga qiynalishadi.

«Bu moslashish (xavfga) mexanizmi, lekin u, shuningdek, inson bunday sharoitda o‘z ishini 100 foiz bajara olmasligi sababli umidsizlikni kuchaytirishi mumkin», deydi Boyc.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday kunlarda insonga ilgari quvonch va zavq keltirgan narsalar ham muammolar tug‘dirishi mumkin.
Boyc karantin stressidan omon qolishga yordam beradigan ba’zi maslahatlarni beradi:

O‘zingizdan kutganlaringizni kamaytiring, telefon va internet oriali boshqalar bilan ko‘proq muloqot qiling, bolalaringiz bo‘lsa – ular bilan tez-tez o‘ynang, ijodiy ishlar qiling, jismoniy faollikni saqlab qolishga harakat qiling.

Mutaxassis vaziyatdan tushkunlikka tushmaslikka va keskinlashtirmaslikka chaqiradi, chunki insonlar yangi tahdidlarga va voqelikka moslasha olishadi.

Patrik Uenisning ta’kidlashicha, yolg‘izlik va umuman stressga bardosh berish har bir kishi uchun har xil kechadi. «Uch kun ichida esni yo‘qotish yoki qo‘rquv va xavotirga tushib qolishingizni keltirib chiqaradigan hech qanday matematik formula yo‘q. Bularning barchasi odamning o‘ziga bog‘liq: introvert (shovqin va jamoat orasida bo‘lishni istamaydiganlar) – boshqalar bilan kamroq muloqotni istaydi, ekstrovert esa bunga ko‘proq ehtiyoj sezadi, shuning uchun o‘zini izolyatsiya qilish unga ko‘proq ta’sir qiladi», deydi mutaxassis.

Unga ko‘ra, shundoq ham kichik ijtimoiy doiraga ega bo‘lgan keksa odamlar uchun bu qiyin bo‘ladi. «Keksalarga bu qiyin, chunki ular ushbu kasallikka ko‘proq duchor bo‘lishlari mumkinligini va bu og‘ir kechishini bilishadi. Shu jihatdan ularda qo‘shimcha xavotirlar paydo bo‘ladi», deydi Uenis.

Boshqa tomondan, oilalilarga karantin davri va izolyatsiya jarayonini o‘tkazish osonroq. «Ular bir-birlari bilan muloqatda bo‘lishlari, bag‘riga bosishlari mumkin – bu aqliy va hissiy salomatlik uchun juda muhimdir. Bu insonda tinchlantiradigan va o‘zgalar bilan munosabatlarni yaxshilaydigan oksitotsin gormoni ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Biz uni «sevgi gormoni» deb ataymiz, – qayd etadi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yolg‘iz insonlar uchun uy hayvonlari o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish jarayonidan omon chiqishga yordam beradi. «Uy hayvonlari bilan o‘ynashingiz, uni erkalashingiz mumkin. Bu yolg‘izlikni davolash uchun yaxshi vosita
», deydi Uenis.

Uenis karantin va izolyatsiya holatida insonlar ijtimoiy tarmoqlar, OAV, hatto, shifokor va amaldorlar so‘zlariga qattiq ishonmasliklarini maslahat beradi, bu ba’zida yanada ko‘proq tashvish va qo‘rquvni keltirib chiqarishi mumkinligini aytadi. Har qanday sharoitda ham ehtiyotkorlik va xotirjamlik saqlab qolinishi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 56
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 299
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 93
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 103
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar