“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:34
ЎЗO‘Z

«Bu voqealar kuchli insonni yana ham kuchli qiladi» – koronavirus ta’siri haqida psixolog bilan suhbat

31 mar, 23:53 2 490 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bu voqealar kuchli insonni yana ham kuchli qiladi» – koronavirus ta’siri haqida psixolog bilan suhbat Foto: Kun.uz
O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi odamlarda ozmi-ko‘pmi vahima hissini uyg‘otdi. Xo‘sh, bunday vaziyatda aholi ruhiyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? Kasallik haqidagi kunlik axborotlar inson ongiga qanday ta’sir qiladi?
Shu kabi savollarga psixolog Boboyor To‘rayev javob berdi.

«Vahima qilmaslikka qayta-qayta chorlayverish aks ta’sirga olib kelishi mumkin»
– Axborot bormi, uni albatta yetkazish kerak. Lekin uni qanday yetkazish juda muhim. Bu yerda axborot tarqatuvchining kasbiy mahorati ahamiyat kasb etadi.

Virus tarqalishi haqida doimiy axborot berilishi, tabiiyki, odamlarda vahimani kuchaytiradi. Yana bir tomoni borki, muntazam ravishda «vahima qilmanglar», degan tinchlantiruvchi xitoblar orqali odamlar orasida qo‘rquv uyg‘onishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bu axborotlar noto‘g‘ri yetkazilgan taqdirda, uni qabul qilgan odamlarda umumiy ruhiy holat o‘zgaradi. So‘ng immuniteti tushib ketadi. Natijada, organizm boshqa kasalliklarga chalinishi oson kechadi.

«Vahima uyg‘onishi keyinchalik qator ijtimoiy muammolarga sabab bo‘ladi»
– Haddan tashqari vahima ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Insonlar o‘rtasida oqibat yo‘qolishiga olib keladi, bir-biriga agressiya bilan munosabatda bo‘lishni boshlaydi. Diskriminatsiya kuchayishi mumkin.

Bozorlarda narx ko‘tarilgani ham mana shu vahimalarning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Qo‘rqqanidan narxlarni oshiradi, qimmat bo‘lsayam odamlar mahsulotimni oladi, deb o‘ylaydi. O‘z-o‘zidan odamlarning do‘konlarga chopishi ham vahimaning bir turi. Ular oziq-ovqat zaxirasi tugab qolishidan qo‘rquvga tushishadi.

«Karantin davrida berilayotgan axborot o‘quvchining savollariga aniq javob berishi kerak»
– Karantin davrida tarqatilayotgan axborot o‘quvchining savollariga javob beradigan bo‘lishi kerak, vahima uyg‘otadigan emas. Jurnalistlar haddan ortiq vahima keltirib chiqaradigan axborot tarqatmasligi kerak. Ma’lumot faktlarga asoslangan, odamni fikrlashga va qaror qabul qilishga o‘rgatishi kerak.

Qaror qabul qilishga undaydigan hissiyot ratsional bo‘ladi. Aksincha, insonning hissiyotlarga berilishi, kuchli ta’sirlanishi irratsional hissiyot deyiladi.

«Ijtimoiy uzoqlashuv odamlarga munosabatlarni qadrlashga o‘rgatishi mumkin»
– Har bir yomon vaziyatdan yaxshilik qidirish lozim. Karantin davri o‘tganidan keyin odamlar bir-birini qadrlashni, ko‘proq mehr-oqibat ko‘rsatishni boshlashi mumkin.

Ijtimoiy uzoqlashuv, ma’lum ma’noda, bir-birimizni sog‘inish va intilishni tug‘diradi. Ommaviy vahimaga tushish qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyatda ruhiy kasallikka moyillar ko‘payadi. Keyingi bosqichda depressiya kelib chiqadi.

Karantin tugagandan so‘ng insonda umrining oxirigacha qo‘rquv saqlanib qolishi ham kuzatiladi. Jamiyatda ipoxondrik (o‘zidan kasallik qidiruvchi, atrofdagilardan shubhalanuvchi)lar ko‘payishi mumkin. Bunday toifadagilar doim qo‘lini yuvib yuradigan, atrofdagilar bilan iloji boricha kamroq muloqot qiladigan, internetda kasallik haqida ma’lumotlarni, o‘zida kasallik belgilarini qidiradigan bo‘lib qoladi. Buning sababi ruhiy immunitetning tushib ketganligidir.

«Odamlar shaxsiy gigiyenaga ko‘proq rioya qiladigan bo‘ladi»
– Karantin tugagandan so‘ng odamlarda vahima sekin-astalik bilan o‘tib ketishi mumkin, lekin baribir inson xulq-atvor modelida atrofdagilardan shubhalanish hissini vujudga keltiradi. Ijobiy tarafi shundaki, odamlar shaxsiy gigiyenaga ko‘proq rioya qiladigan bo‘ladi, hushyorligi oshadi.

«Bu voqealar kuchli insonni yana ham kuchli qiladi»
– Ayni shu vaziyatdan foydalanib, ko‘proq o‘qishingiz mumkin, ko‘proq ishlaringizni amalga oshirib olishingiz mumkin. Har bitta mushkulotdan biz yechim topishimiz, shundan foydalanib qolishimiz kerak.

Iloji boricha bir-biringizga tabassum bilan qarang, bir-biringizni xursand qiling. Yumor hissini yo‘qotmanglar. Voqealar ham odamlarni kuchli qiladi. Kuchli odam yana ham kuchliroq bo‘ladi, yaqinlari bilan oqibati oshadi.

Muhabbat Ma’mirova suhbatlashdi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar