“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:02
ЎЗO‘Z

Shov-shuv bo‘lgan kuni Toshkentda kartoshkaga bo‘lgan talab 3 barobarga ortgan

31 mar, 18:18 3 120 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shov-shuv bo‘lgan kuni Toshkentda kartoshkaga bo‘lgan talab 3 barobarga ortgan Toshkent shahri aholisi bir kunda 100 tonnagacha kartoshka iste’mol qiladi. 29 mart kuni uch kunlik iste’mol qilinadigan kartoshka bir kunda xarid qilingan.
Bu haqda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hotambek Shokirov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

«Toshkent shahri aholisi bir kunda 100 tonna atrofida kartoshka iste’mol qiladi. Bu maksimal ko‘rsatkich. Bu 80-90 tonna atrofida o‘zgarib turadi. Koronavirus masalasi ko‘tarilgach, bozorlar yopiladi, degan shov-shuv chiqqanidan keyin, talab kuniga 50 tonnaga oshdi. Kuniga 150 tonnadan kartoshka yetkazib berib turildi.

29 mart kuni [Toshkent shahrida] uch kunlik iste’mol qilinadigan kartoshka bir kunda xarid qilindi. [Shu kuni] 338 tonna kartoshka sotildi.
Uch kunlik kartoshkani bir kunda iste’mol qilgan bo‘lsak, kartoshka qolmaydimi, degan tabiiy savol tug‘ilishi mumkin. 30 mart kuni dehqon bozorlariga 143 tonna kartoshka chiqarib sotilgan bo‘lsa, yana shu kuni kechqurunga 153 tonna kartoshka bor edi.

Bu – Rossiya, Belarusdan keltirilgan import kartoshka. U kelib turibdi. Kartoshka bo‘yicha muammo bo‘lishi mumkin emas.
Mish-mishlar kartoshka savdolarining ortishiga sabab bo‘lgan. Bundan buyog‘iga vahima qilmasdan keragicha xarid qilinsa, hech qanday muammo yo‘q», – dedi Hotambek Shokirov Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida.

U Toshkent shahridagi go‘sht iste’moli bo‘yicha statistikani ham keltirdi.
«Toshkent shahrida kuniga o‘rta hisobda mol go‘shti 30 tonna, qo‘y go‘shti 10 tonna, tovuq go‘shti 10 tonna, jami 50 tonna go‘sht mahsuloti iste’mol qilinadi.

Raqamlar dinamikasi bo‘yicha ma’lumotlar bor: go‘sht kelishi ham, savdoga chiqarilishi ham kamaygani yo‘q. Birinchi vahima bo‘lgan kuni bozorga keltirilgan go‘shtning hammasi xarid qilindi.

Odatda, 10 tonna go‘sht kelsa, kunning oxirida hammasi sotilmagan bo‘lsa, omborxonalarga qaytarilardi. O‘sha kunlari qaytarish holatlari bo‘lmadi. Go‘sht bo‘yicha ham hozir normal, kundalik rejimga tushib oldik.
Bozorlar nazoratsiz qolmagan, kundalik monitoring olib borilyapti
», – deya Hotambek Shokirovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 30 martdan shaxsiy avtomobillardan foydalanish cheklanishi e’lon qilingach, 29 mart kuni poytaxt bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga navbatlar yuzaga kelgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar