“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:02
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar aholisi karantin payti derazadan turib konsert uyushtirmoqda (video)

31 mar, 17:02 4 047 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar aholisi karantin payti derazadan turib konsert uyushtirmoqda (video) Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi koronavirus epidemiyasi tufayli joriy etilgan karantin payti zerikmaslik uchun turli ko‘ngilochar fleshmoblarni o‘ylab topmoqda.

Xususan, karantin payti odamlarning ruhini ko‘tarishga qaratilgan shunday tadbirlar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ulardan biri «balkon konsertlari» bo‘lib, poytaxtdagi opera qo‘shiqchilari ko‘p qavatli uylar derazalaridan turib opera ijro etmoqda. Videoda tomoshabinlar qo‘shiqchilarni olqishlab, qarsak chalayotganini eshitish mumkin.

pic.twitter.com/qbg011HiQV

— Shukhrat (@bankir2102) March 31, 2020

Bunday chiqishlarni Italiya va Ispaniya musiqachilari boshlab bergandi. Toshkent aholisi ham ulardan ilhomlanib, har kuni uylarining derazalaridan turib turli qo‘shiqlarni ijro etmoqda.

pic.twitter.com/RIPVjHechM

— Shukhrat (@bankir2102) March 31, 2020

Avvalroq Yangiyo‘lda ko‘p qavatli uylar aholisi derazadan turib koronavirusga qarshi kurashayotgan ichki ishlar xodimlarini olqishlayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Keyinroq Toshkent aholisi ham Prezident va koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha mutasaddilarni shunday olqishlagan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 8 taga oshib, 158 nafarni tashkil etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 100
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar