“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:59
ЎЗO‘Z

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 mln so‘mdan mukofot puli beriladi

31 mar, 13:07 2 770 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 mln so‘mdan mukofot puli beriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, 9 may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdorida bir yo‘la pul mukofoti berilishi belgilangan.

Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali topshirilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

2019 yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 million so‘m, 2018 yilda 5 million so‘m, 2017 yilda esa 2 million so‘mdan pul mukofotlari topshirilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar