“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:17
ЎЗO‘Z

Taomga buyurtma berganda koronavirusdan qanday saqlanish mumkin?

31 mar, 12:12 2 594 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Taomga buyurtma berganda koronavirusdan qanday saqlanish mumkin? Foto: Evan Mitsui/CBC
Koronavirus tez tarqalgani sababli odamlar yegulikni uyga keltirish uchun ko‘proq buyurtma berishni boshladi. Mijozlarga qulaylik sifatida servislar kurerlarning sog‘ligini tekshira boshlashdi. Fast company bunday vaziyatda qanday himoyalanish mumkinligi haqidagi tavsiyalarni berdi.

FDA (Food and Drug Administration — AQSH mahsulot va dorilarni nazorat qilish boshqarmasi) ma’lumotlariga ko‘ra, «hozirgi kunda Covid-19 ovqat va uning o‘rami orqali tarqalishiga hech qanday isbot yo‘q». Agar koronavirus oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqqanida restoran va oziq-ovqat do‘konlari uning o‘chog‘iga aylangan bo‘lardi. Hozirda virus ijtimoiy muloqot orqali tarqalmoqda.

Biroq koronavirus tomchilarda uch soat, qog‘oz va kartonda 24 soat, plastikda esa uch kun yashay olishini unutmaslik kerak. Uni yuqtirib olmaslik uchun esa quyidagi 6 qoidaga amal qiling.

Iloji boricha issiq taomlarga buyurtma bering. Harorat Covid-19’ga ta’siri borasida hech qanday tadqiqotlar bo‘lmasada, xuddi shunday koronavirus Selsiy bo‘yicha 65 daraja issiqda yo‘q bo‘lishi ma’lum. Agar bu borada hotirjam bo‘lishni istasangiz, isitish mumkin bo‘lgan taomlarni tanlang.

Yetkazib berishning kontaktsiz usulini tanlang. Koronavirus asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Shuning uchun har qanday kontaktlar, jumladan, kurerlar bilan muloqotdan ham o‘zingizni chegaralang.

Konteynerni rakovinaga joylashtiring. Ovqatni stolga qo‘ymang, muzlatgichga joylashtirmang, kiyimingizga tekkizmang. O‘ram orqali virusni yuqtirib olish ehtimoli yo‘q bo‘lsada, uni ushlagach, qo‘lingizni burun yoki og‘izga olib borishingiz mumkin.

Ovqatni darhol likoplarga soling va konteynerlarini darhol tashlab yuboring. Bu yerda biroz tajriba kerak bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan o‘ramlar idishlar, kiyim va oshxona yuzalariga tegishining oldini olishga o‘rganasiz.

Qo‘lingiz va rakovinani yuving. Qo‘lingizni sovunlab yuving va rakovinani sovunli sochiq bilan arting. Maslahat: agar qo‘lingizni tozalab yuvganingizga ishonch xosil qilishni istasangiz, ikki marta Happy Birthday qo‘shig‘ini kuylang.

Ovqatni isiting. Yuqorida aytib o‘tilganidek, harorat bo‘yicha biz bilgan raqam bu Selsiy bo‘yicha 65 daraja issiq. Buni aniq o‘lchash uchun oshxona termometrlaridan foydalaning.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 242
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 110
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 138
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 413
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 109
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 0
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 158
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 38
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 37
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 181
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 120
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 57
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 54
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 29
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 429
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 106
  • Bo‘limlar