“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 08:39
ЎЗO‘Z

Vaksina yaratilguniga qadar koronavirusni yengish usuli aytildi

30 mar, 09:43 4 644 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vaksina yaratilguniga qadar koronavirusni yengish usuli aytildi Odamlarga koronavirus tarqalishining ko‘lami va bu bilan bog‘liq xavflar haqida to‘laqonli ma’lumot berish, shuningdek, ommaviy izolyatsiya qilish epidemiyaning oldini olishga yordam beradi, dedi rossiyalik epidemiolog-shifokor Mixail Favorov.

Uning ta’kidlashicha, Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasiga qarshi qattiq choralar ko‘rildi va vaqt o‘tishi bilan infeksiya yuqtirish soni kamayib bordi.

«11 millionlik aholisi bo‘lgan shahar ko‘chalarida «hayot to‘xtadi». Shaharni karantinga yopishdi va to‘liq nazorat o‘rnatildi, favqulodda choralar ko‘rildi. Bu tartibni buzganlar qattiq javobgarlikka tortila boshlandi va buning uchun ikki-uch yil emas, balki o‘n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilish holati kuzatildi», – dedi epidemiolog.

Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishini oldini olish uchun odamlar uyda qolishlari kerak.

«Bunday xavfli kasalliklarga befarqlik izsiz qolmaydi. Italiyani misol qilaylik. Mamlakat ko‘plab qurbonlar bermoqda. COVID-19 voqeasi u yerda milliy fojiaga aylandi. Aholining o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilishi natijasidagina epidemiyani vaksina ishlab chiqilishiga qadar to‘xtatish mumkin», dedi shifokor.

Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kasallanganlar soni 710 mingdan ziyodni, vafot etganlar 33 ming nafardan ortiqni tashkil qilmoqda.

Koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda, infeksiyadan vafot etganlar soni bo‘yicha mamlakat Italiya (10779), Ispaniya (6606), Xitoy (3304), Eron (2640) va Fransiyadan (2606) oldinda bormoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 79
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 27
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 213
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 90
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 117
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 69
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 108
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 238
  • Bo‘limlar