“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:43
ЎЗO‘Z

Karantinda o‘tgan yana bir to‘y. Xizmatda — niqob taqqan va qo‘lqop kiygan Mavluda Asalxo‘jayeva (video)

29 mar, 22:44 7 375 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantinda o‘tgan yana bir to‘y. Xizmatda — niqob taqqan va qo‘lqop kiygan Mavluda Asalxo‘jayeva (video) Ijtimoiy tarmoqlarda karantin davrida o‘tkazilgan yana bir to‘y marosimidan lavhalar tarqaldi. Videolavhada tadbir xonadon ichida o‘tkazilayotganini ko‘rish mumkin, biroq bu marosim aynan qayerda va qachon o‘tkazilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Videoning birinchi qismida kelin-kuyov hovlidan uy ichiga kirib borayotganini ko‘rish mumkin. Ikkinchi qismida esa bir guruh ayollar (ularning ayrimlari yuziga niqob taqqan) xonanda Mavluda Asalxo‘jayevaning qo‘shig‘iga raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin.

Xonandaning o‘zi ham xizmat vaqtida nafaqat yuziga niqob taqqan, balki qo‘liga bir martalik qo‘lpoq ham kiygan.

pic.twitter.com/OpBtFzXgiy

— Shukhrat (@bankir2102) March 29, 2020

28 mart kuni Toshkentning Yunusobod tumanida kuyov-navkar marosimi o‘tkazilgani, shundan so‘ng marosimning barcha ishtirokchilari IIBga olib borilgani, holat yuzasidan surishtiruv boshlangani xabar qilingan edi. Marosim tashkilotchisi to‘yni o‘tkazmaslik haqida bir kun avval ogohlantirilganini tan olgan. Shunga o‘xshash holat 27 mart kuni Chilonzorda ham kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23 martdan boshlab to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi bekor qilingan edi. 27 martdan boshlab esa zaruratsiz ko‘chaga chiqish, ko‘chada va jamoat joylarida uch kishidan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlangan edi. Fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masofa saqlashi shartligi belgilangan edi.
niqob taqqan, qo‘lqop kiygan, Mavluda Asalxo‘jayeva




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar