“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:57
ЎЗO‘Z

Xitoydan 4 tonnaga yaqin tibbiy vositalar olib kelindi

29 mar, 18:48 3 553 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoydan 4 tonnaga yaqin tibbiy vositalar olib kelindi Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangach, Xitoydan 4 tonnaga yaqin tibbiy vositalar Toshkentga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, COVID-19 O‘zbekistonga ham kirib borishi bilanoq elchixona xitoylik sheriklar va ishbilarmon doiralar vakillari bilan birgalikda O‘zbekistonga yuborish uchun zarur dori-darmon va boshqa turli tibbiy ashyolarni to‘plash choralarini ko‘ra boshlagan.

Ular orasida «Camel Group», «Anhui Conch», «China Construction», «Beizhong Yiling Pharm», «CASIC+CPMIEC», «Dongfang Electric», «HYTERA», «NORINCO», «Poly Technology», «SANY Heavy Machinery», «Sinopharm», «Huzhou Zhexiang Mechanical Technology Co. Ltd.», «Jingpai Chizhengtang Pharmaceutical Co. Ltd.», «Wei Gao», «Tianjin Kaiteng Investment Co. Ltd.», «Nuchtech» va boshqa qator kompaniyalar bor.

«Olib borilgan faol sa’y-harakatlarning natijasi o‘laroq, Pekindan qariyb 4 tonna hajmdagi tibbiy vositalar Toshkentga yetkazib berildi.

Bu – yuqori sifatli tibbiy niqoblar, PSR testlar uchun reagentlar, masofadan turib tekshirish imkonini beradigan mobil termometrlar, tibbiy himoya kombinezonlari, qo‘lqop va ko‘zoynaklardan iborat.

Xitoyning turli provinsiyalari va shaharlaridagi sheriklardan koronavirus kasalligiga qarshi kurashda juda zarur bo‘ladigan turli dori-darmon, tibbiy vosita va uskunalarning O‘zbekiston elchixonasiga kelishi davom etmoqda», – deyiladi elchixona axborotida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomoni 12 fevralva 3 martkunlari Xitoyga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar