“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 23:42
ЎЗO‘Z

Ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llaniladi?

29 mar, 17:30 6 045 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llaniladi? Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalari harakati cheklanishi hamda ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashina haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishi haqida ma’lumot berdi.

«Avtotransport vositasidan foydalanish imkonini beruvchi stikerning orqa tomoniga Adliya vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma ilova qilinadi. Mazkur stiker bo‘lmagan avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Bu stiker viloyatlararo harakatlanish huquqini beradi. Stikerdan faqatgina tashkilotga tegishli bo‘lgan avtotransportda harakatlanish uchun foydalanilishi kerak, undan shaxsiy manfaatlarda suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Yuqoridagi kabi holatlar yuzasidan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi. Bu kabi huquqbuzarliklar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi tomonidan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 0
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 2
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 67
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 61
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 106
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 0
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 0
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 0
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 2
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 16
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 20
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 67
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 55
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 156
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 36
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 390
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 359
  • Bo‘limlar