“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:24
ЎЗO‘Z

FHDYO organlarida nikohni qayd etish vaqtincha to‘xtatildi

29 mar, 15:15 3 304 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
FHDYO organlarida nikohni qayd etish vaqtincha to‘xtatildi Fuqarolar YAIDXP orqali (my.gov.uz) nikohni qayd etish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva 29 mart kungi brifingda shu haqda ma’lum qildi.

«Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020 yilning 25 martdan boshlab Adliya vazirligi tizimidagi FHDYO bo‘limlarida fuqarolarni qabul qilish xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina (tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish) tashkil qilingan darcha orqali amalga oshiriladi.

FHDYO organlarida nikohni qayd etish karantin tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Fuqarolar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali nikohni qayd etish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin», – dedi Adliya vazirligi vakili.

Nikohdan o‘tish uchun topshirilgan tibbiy ko‘rik natijalari muddati o‘tib ketmaydimi?
«Nikohni qayd etish arizasi qabul qilingan kundan boshlab 4 oyi mobaynida nikoh qayd etilishi mumkin, bunda tibbiy ko‘rikka berilgan yo‘llanma asosida o‘tilgan ma’lumotnoma yetarli bo‘ladi. Ma’lumotnomaning (tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida) amal qilish muddati – 3 oy», dedi Sevara O‘rinboyeva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 139
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar