“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:34
ЎЗO‘Z

Bozorlarga mahsulotlarni yetkazib berishda hech qanday cheklovlar o‘rnatilmaydi

28 mar, 19:05 2 783 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bozorlarga mahsulotlarni yetkazib berishda hech qanday cheklovlar o‘rnatilmaydi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimovning ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi sababli transportlar harakatining cheklanishi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi vositalar uchun o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi.

Tomorqa yer egalari va fermerlar bilan hamkorlikda mahsulotlarga talab oshgan holatlarda bozorni to‘ldirish, oziq-ovqat mahsulotlarining narxini arzonlashtirish maqsadida 16-25 mart kunlari respublika bo‘yicha 5 000 tonnadan ortiq kartoshka, qariyb 2 000 tonna piyoz, 1 300 tonna sabzi, 114 tonna karam, 152 tonna tovuq go‘shti, 422 tonna mol va qo‘y go‘shti, 2,4 mln dona tuxum, 628 tonna guruch, 3 tonna olma ishlab chiqaruvchilar tomonidan maxsus rastalar orqali ichki bozorga intervensiya qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali "harakat cheklanganligi sababli bozorlarda mahsulotlar yetkazilishida muammolar yuzaga kelishi mumkinmi", degan savollar ko‘p berilmoqda.

Bu savollar bo‘yicha - harakat qatnovlari cheklangan sharoitda yuk avtomashinalari va mahsulotlarning cheklovsiz hamda to‘sqinliksiz yetkazib berilishi ta’minlanmoqda. Chunki, ushbu cheklov yuk avtomashinalari va oziq-ovqat mahsulotlarining harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydi
”, – dedi u AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda.

20 mart kunidan boshlab yuz niqoblari tibbiyot buyumlari ro‘yxatidan chiqarilib, ishlab chiqarish va sotishda litsenziya talab etish tartibi bekor qilindi.
Ishchi guruh tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 27 mart holatiga standart asosida tibbiyot yuz niqoblari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 28 tadan 154 taga, mahsulot hajmi esa kuniga 2,1 mln donaga yetkazilishiga erishildi.

O‘tkazilgan tahlillarda, ko‘p marta foydalaniladigan niqoblar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud bo‘lgan 353 ta to‘qimachilik korxonasining ro‘yxati shakllantirilib, ular tomonidan bir kunda 5,2 mln dona mahsulot ishlab chiqarish quvvati mavjudligi aniqlandi
”, – deya qo‘shimcha qildi Dilshod Rahimov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar