“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:38
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari uchun to‘xtatildi

27 mar, 13:48 4 487 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari uchun to‘xtatildi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi keng miqiyosda tarqalishining oldini olish maqsadida 27 mart, juma kuni soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu cheklov chorasi yuk tashuvlari bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalari va ularning haydovchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Biroq yuk avtotransport vositalarida hujjatlarda qayd etilmagan shaxslarning harakatlanishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

«Joriy etilayotgan vaqtinchalik cheklov choralarini to‘g‘ri baholagan holda unga so‘zsiz amal qilishingizni so‘rab qolamiz. Zarurat bo‘lmaganda, ko‘chaga chiqmasdan, oila davrasida qolish juda muhimligini eslatib o‘tmoqchimiz», — deyiladi vazirlik axborotida.

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning qo‘shimcha qilishicha, viloyatlararo harakatlanishga nisbatan cheklov choralari nafaqat yengil avtotransport va avtobuslar uchun, balki avia va temir yo‘l qatnovlari uchun ham amal qiladi.

Avvalroq Toshkent, Namangan, Andijon, Guliston, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish cheklangani, 28 martdan boshlab Qarshi shahriga kirish-chiqish yopilishi haqida xabar berilgan edi. 24 mart kuni Qamchiq dovoni bo‘ylab transport harakati to‘xtatilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar