“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 19:28
ЎЗO‘Z

Rasmiy bayonot: 15 bemorda o‘pka yallig‘lanishi belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli og‘ir

27 mar, 13:12 5 336 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasmiy bayonot: 15 bemorda o‘pka yallig‘lanishi belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli og‘ir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar bemorlarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

– Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 83 nafarni tashkil etyapti. Bemorlarning aksariyati Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda. Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlaridagi bemorlar o‘zlarining hududlarida davolash muolajalarini olyapti. Boshqa viloyatlardan kelgan bemorlarimiz va ular bilan muloqotda bo‘lganlar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida qolmoqda.

Hozirgi holatda bemorlarimizning 15 nafarida o‘pka yallig‘lanishi belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli mutaxassislar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda.

Namangan viloyatida vafot etgan onaxonimiz qandli diabet, yurak yetishmovchiligi xastaligi bilan og‘rib yurgan. Kechagina laboratoriyada koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va bugun ertalab miokard-infarktidan vafot etdi.

Albatta, bu kabi ma’lumotlar xalqimizni hushyor torttirishi kerak. Tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga rioya qilishimiz juda ham zarur, – deydi Nurmat Otabekov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 0
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 0
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 1
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 34
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • Bo‘limlar