“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:11
ЎЗO‘Z

Farg‘onada koronavirusga chalingan fuqaro Umradan qaytgach 120 kishilik marosim o‘tkazgan

26 mar, 23:35 6 750 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada koronavirusga chalingan fuqaro Umradan qaytgach 120 kishilik marosim o‘tkazgan Farg‘ona viloyatida Saudiya Arabistonida, Umra safarida, bo‘lib qaytgan fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik ushbu fuqaroning turmush o‘rtog‘i, ikki farzandi va kelinida ham koronavirus aniqlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 mart, payshanba kuni, o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mazkur fuqarodan virusning qanday tarqalgani tafsilotlari ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani «Beruniy» mahallasida yashovchi ayol Umradan qaytib kelib, uyda karantinda bo‘lish talablarini qo‘pol ravishda buzib, ertasi kuni 120 nafar kishini chaqirib, dabdabali marosim o‘tkazgan.

«Oqibatda uning to‘rt nafar oila a’zosi infeksiya yuqtirgani aniqlandi. Yana qancha odam kasallangani hali noma’lum», — deya Shavkat Mirziyoyevning videoselektordagi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Prezident matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15 mart kuni aniqlangan edi — bemor 11 mart kuni Fransiyadan qaytgan oliy toifali shifokor bo‘lib chiqqandi. Keyinchalik u chet eldan qaytgach, uyida 35 kishi ishtirokida marosim o‘tkazgani, oqibatda kasallik kamida 13 kishiga yuqqani ta’kidlangan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 65 nafarga yetgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, ularning 11 nafari Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimlari — ushbu muassasa koronavirusga chalinganlarni davolash bo‘yicha respublikadagi bosh kasalxona bo‘lib turibdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar