“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:25
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 63853 kishi karantinda saqlanmoqda

26 mar, 15:53 3 286 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 63853 kishi karantinda saqlanmoqda 27 fevraldan 26 martga qadar O‘zbekistonga xorijdan kelgan 850 798 nafar fuqaro chegara xizmati va tibbiyot xodimlari bilan birgalikda ko‘rikdan o‘tkazildi, deb ma’lum qildi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.

Tibbiy ko‘rik davomida epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan kelgan 85 784 nafar shaxs aniqlanib, yashash manzili bo‘yicha 14 kunlik tibbiy kuzatuvga yuborilgan.

Bugungi kunda karantinga olinganlarning 21 931 nafari SSVning xulosasi asosida tibbiy kuzatuvdan chiqarilgan, 63 853 nafari ayni paytda karantinda qolmoqda.
Tibbiy kuzatuvdagi shaxslardan 13 753 nafari shifoxonada, 50 100 nafari uy sharoitida saqlanmoqda.

Uy sharoitida karantin o‘tayotgan fuqarolar belgilangan qoidalarga rioya qilishlari, karantin tartibini buzib tashqariga chiqishlarining oldini olish maqsadida har bir uyga bir nafardan, jami 9564 nafar profilaktika inspektori biriktirilgan.

Maxsus ajratilgan davolash muassasalarida «umumiy karantin»da saqlanayotgan, tibbiy kuzatuvdagi shaxslarning belgilangan qoidalarga rioya qilishlari, karantin tartiblarini buzib tashqariga chiqishlarining oldini olish maqsadida, ushbu maskanlar Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamda Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘riqlovga olingan.

Hozirgacha 18ta avia va 14ta temir yo‘l reyslari orqali xorijiy mamlakatlarda bo‘lgan 7194 nafar o‘zbekistonlik mamlakatga olib kelinib, to‘liq karantinga olingan. Ular 36ta tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Koronavirus infeksiyasi asosan Toshkent shahri hududida aniqlanganini inobatga olib, infeksiya respublikaning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa hududlardan Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirib kelishi to‘xtatildi.

Buning uchun respublika boshqa hududlarida 2018 yil may oyida faoliyati to‘xtatilgan 17ta YPX maskanining hamda 8ta blok va to‘siq postlarning faoliyati vaqtincha tiklandi.

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 6ta YPX maskani, 14ta blok va to‘siq postlarda hamda Toshkent viloyatining shahar bilan chegara hudularidagi 10ta blok va to‘siq postlarda xodimlarning xizmat faoliyati kuchaytirilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati hududidan avtotransport vositalarining Toshkent shahriga kirib kelishi mumkin bo‘lgan 61ta aylanma yo‘llar aniqlanib, ushbu yo‘llar yopilish choralari ko‘rildi.

Respublika bo‘yicha jami 46ta YPX maskani, 41ta blok va to‘siq postlarda xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati kuchaytirildi. Ularga ichki ishlar organlari, Mudofaa vazirligi hamda Milliy gvardiya xodimlari xizmatga jalb etilmoqda.

Barcha postlarga Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining xodimlari jalb etilib, transport vositalarini dezinfeksiya qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan hamda Toshkent shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 0
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 42
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar