“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:47
ЎЗO‘Z

Bo‘zsuv kanalini ifloslantirgan shaxslar javobgarlikka tortildi (foto)

26 mar, 14:13 2 974 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bo‘zsuv kanalini ifloslantirgan shaxslar javobgarlikka tortildi (foto) Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘zsuv kanali bo‘yiga chiqindi tashlanishi bilan bog‘liq videomaterial e’lon qilinishi ortidan prokuratura organlari holatni o‘rganishga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlangan:
Ya’nikim, fuqaro U.Abdulxakov (1964 y.t.) o‘zi istiqomat qiladigan Yunusobod tumani Bo‘zsuv ko‘chasidagi kanal qirg‘og‘iga tutashgan uyining orqa tomonini kengaytirish va bog‘ tashkil qilish maqsadida haydovchi F.Mirzaliyevdan (1988 y.t.) kanal qirg‘oqlarini to‘ldirib berishni so‘ragan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
O‘z navbatida F.Mirzaliyev yana bir fuqaro D. Xudayberganov bilan o‘z boshqaruvchidagi yuk mashinalarida qurilish chiqindilarini olib kelib, Bo‘z-suv kanali qirg‘oqlariga to‘kishi natijasida suv ifloslanadi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Holat yuzasidan yuqorida qayd etilgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning (Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks) 72-moddasi 1-qismi (suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish) va 91-moddasi 1-qismi (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) bilan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya’ni 1.115.000 so‘mdan jami 3.345.000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Shu bilan birga huquqbuzarlik oqibati bartaraf etilib, kanali qirg‘og‘i (huquqbuzarlar tomonidan tashlangan) chiqindilardan tozalandi.

Pirovardida, Bosh prokuratura atrof-muhit muhofazasi, ayniqsa, obi-hayot – suvlarni ifloslantirishga qaratilgan harakatlarni oldini olishda barcha yurtdoshlarimiz mas’ul ekanini eslatib, bu borada barchani ogohlikka chiqaradi. Aks holda, bunday xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan huquqiy choralar qo‘llanishiga sabab bo‘lishini yana bir bor eslatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 0
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 0
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar