“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 02:02
ЎЗO‘Z

“Marixuana” giyohvandlik moddasi hamda ov quroli va patronlar fosh etildi

26 mar, 12:30 3 614 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Marixuana” giyohvandlik moddasi hamda ov quroli va patronlar fosh etildi Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Urgut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Z.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tadbirda giyohvandlik va portlovchi moddalarni qidirib topishga mo‘ljallangan “Zevs” va “Daggi” laqabli xizmat itlari yordamidan ham samarali foydalanildi.

Natijada, ushbu shaxsning xonadonida 5 dona selofan paketlarga solingan, vazni 810,06 gramm bo‘lgan, yashil rangli o‘tkir xidli “marixuana” giyohvandlik vositasi, shuningdek, ruxsatnoma muddati o‘tgan 1 dona “TOZ” rusumli 12 kalibrli qo‘shotar ov quroli, 27 dona bo‘sh 12 kalibrli gilzalar va hujjatlari bo‘lmagan 6 dona kichik kalibrli o‘q otish quroli uchun mo‘ljallangan patronlar saqlanayotgani fosh etildi.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, fuqaro S.Z.ning Samarqand shahridagi xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. Xonadondan 1 dona polietilen paket ichiga solingan vazni 4,6 gramm bo‘lgan yashil rangli o‘tkir hidli “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Tadbir natijasida, jami vazni 814,66 gramm bo‘lgan “marixuana” giyoxvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 209
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 67
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 105
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar