“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 13:13
ЎЗO‘Z

Surxondaryoliklar uyidan Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar topildi

26 mar, 11:23 4 696 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryoliklar uyidan Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar topildi Foto: Telegram/Ekologuz
Surxondaryo viloyatida ikki fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga jo‘natildi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat IIB tomonidan Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroning uyidan ikki bosh Buxoro qo‘yi va bo‘ri olindi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

«Joyilma» mahallasida yashovchi fuqaroning o‘zi uyida Qizil kitobga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi saqlanayotganini xabar qilgan.
Bundan tashqari, tumanning Xushchekka mahallasida yashovchi fuqaroning uyida saqlanayotgan bir bosh bo‘ri ko‘ngilli ravishda fuqarodan olingan.

Ularning xavfsiz va doimiy nazoratda bo‘lishini ta’minlash maqsadida jonivorlar belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.
Buxoro qo‘yi O‘zbekiston va jahon Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ushbu tur butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi, deyiladi xabarda.
Buxoro qo‘yi, bo‘ri, Qizil kitob




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 87
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 85
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 30
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 1
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 1
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 11
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 62
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 57
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Bo‘limlar