“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:25
ЎЗO‘Z

Bozorlardagi narx-navo ma’lum qilindi

26 mar, 10:24 4 002 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bozorlardagi narx-navo ma’lum qilindi Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 24 mart kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (60 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 70 000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (70 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori", «Damariq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (2 500 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da (1 000 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa, Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (500 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (5 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 4 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)
Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da qayd etildi (10 tasi 4 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch 3 800 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus» navli guruch 3 800 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (litr)
O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 13 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)
Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (6 500 so‘m) kuzatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar