“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:32
ЎЗO‘Z

"Butun dunyoda karantin. Bunaqasi hali bo‘lmagan, men eslay olmayman"

25 mar, 23:20 4 145 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Butun dunyoda karantin. Bunaqasi hali bo‘lmagan, men eslay olmayman" Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram kanalida bugungi kunda butun dunyoni egallagan koronavirus sababli yurtimizdagi karantin holatiga o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.⠀
- "Bugun hayotimizda ro‘y berayotgan voqealarga boshqa rakursdan qaralsa, odamzod qayta tarbiyalanayotganga o‘xshaydi. Uning yuziga ko‘zgu tutilgandek, go‘yo. Yaxshi bilan yomonni ajratib olish payti kelgandek. Alloh bizga sinov yuborib, o‘zimizni isloh qilishga, ko‘proq yaxshilik, ezgu ishlar amalga oshirishga undayotgandek. Koronavirus odamlar o‘z oilasi, yaqinlari bilan birlashib, oqibatni kuchaytirishi, insof, diyonatni targ‘ib etishi uchun yuborilganga o‘xshaydi.

Shunday davrda hammani uyda qolishga chorlab, o‘zlari ishlashda davom etayotgan sotuvchi, kassir, dorixonalar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, harbiy, shifokor, uchuvchilar jamoalari, haydovchilar, novvoylar va, eng asosiysi, jurnalist va blogerlar – ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda elimiz uchun o‘z sog‘lig‘i, hayotini xavf ostiga qo‘ygan barcha fidoyi insonlar! Sizga boshimiz yerga tekkuncha ta’zimdamiz. Siz ham uyingizda o‘tirishingiz mumkin edi. Ammo siz xalq xizmatida bo‘lishni tanladingiz. Buning savobi juda katta bo‘lsa kerak.

Siz bor ekansiz, biz xavotir olmasak ham bo‘ladi. Ilohim bu #sinovdavri dan birgalikda eson-omon o‘tib olaylik!", - deydi Saida Mirziyoyeva.

Manba: @SSHMirziyoyeva




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar