“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:09
ЎЗO‘Z

«Korzinka» xodimi koronavirusga chalingan odam bilan muloqot qilganini bilgach, darhol davlat organlariga xabar berdi

25 mar, 20:30 5 262 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Korzinka» xodimi koronavirusga chalingan odam bilan muloqot qilganini bilgach, darhol davlat organlariga xabar berdi «Korzinka» supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov tomonidan xabar qilinishicha, Sariko‘ldagi market xodimlaridan biri koronavirusga chalingan odam bilan muloqot qilgan. U bu haqda bilgani hamono uyidan chiqmagan va tezda hamkasblari hamda rahbariyatga bu haqda xabar bergan.

Tadbirkor shundan so‘ng darhol ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida o‘z kanalida ma’lumot berdi.
— Karantin sharoitlaridagi turli xavf-xatarlarga qarshi ko‘rayotgan choralarimiz va marketlarimiz faoliyati haqida hikoya qilishda davom etamiz. Balki bizning tajribamiz shunday davrda boshqa korxonalarga ham faoliyatlarida asqotar.

Barcha korxonalar o‘z xodimlariga o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini yetkazish uchun aynan hozir muhim palladir. Ularning ongiga, vaziyatni to‘g‘ri tahlil qilishiga juda ko‘p narsa bog‘liq.

1. 22 mart tongida bildikki, Sariko‘ldagi marketimiz xodimlaridan biri koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lgan.
2. Xodimimiz esa o‘z uyidan chiqmay, holatdan voqif bo‘lgach, darhol bizga xabar bergan.
3. Biz esa shu zahoti marketni yopdik va davlat organlariga xabar qildik.
4. Tez orada marketga shahar sanitariya va epidemiologiya nazorati va boshqa mas’ul xizmatlar xodimlari kelishdi. Ularning professionalligi va o‘z ishlarini puxta bajarishi bizni lol qoldirdi. Butun jarayon qat’iy qoida va tartibga ko‘ra o‘tkazildi.
5. Marketning barcha xodimlari, xususan, dam olishda bo‘lganlar ham bir soat ichida zudlik bilan to‘plandi. Ularning barchasidan koronavirusga chalinmaganlik bo‘yicha analizlar olindi. Natijalar 23 mart kuni kechasi chiqishi kerak edi. So‘ng marketning butun jamoasi ikki haftalik karantinga yuborildi.
6. Marketda katta tozalash ishlari va chuqur dezinfeksiya amaliyoti olib borildi. Bularning bari shahar sanitariya xizmatining qat’iy nazorati ostida amalga oshirildi.

Ha, aytgancha, bir narsani unutayozibman, bugun erta tong mahali biz butun market xodimlarining test natijalarini oldik, ular orasida bemor bilan muloqotda bo‘lgan xodim ham bor. Barcha natijalar salbiy — koronavirusni inkor etadi. Ura!!!

Lekin baribir xodimlar jamoasiga karantin uchun ta’til qayd etganimiz sababli endi yangi smena ishga kirishadi.
Ayni chog‘da supermarket uchun ishchilarning yangi jamoasi tezkor moslashuv jarayonidan o‘tmoqda. Ertadan esa Sariko‘ldagi marketimiz xaridorlarga o‘z eshiklarini yana keng ochadi.

Shu boisdan men sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining barcha vrach va xodimlariga, «Korzinka» tarmog‘ining barcha xodimlar jamoasiga va shuningdek, bunday mushkul kunlarda ishlayotgan va bizning hammamizni zarur xizmat, kerakli narsalar bilan ta’minlashda davom etayotgan tibbiyot vakillari, chakana savdo ishchilari, bozorda ishlayotgan sotuvchilar, dorixona va yoqilg‘i quyish shoxobchalari xodimlariga, barcha-barcha soha va tarmoqlar ishchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchi, qo‘llab-quvvatlovimni yetkazmoqchiman.

Bizning xodimlarimiz — suyansa, ishonsa bo‘ladigan malakali mutaxassislar jam bo‘lgan haqiqiy uyushqoq jamoadir va men bu uchun ulardan minnatdorman.
Hozir bizdagi eng bebahosi — bu halollik va ochiqlikdir. Biz faqatgina shu yo‘l bilan pandemiya hamlasi ustidan g‘alaba qozona olamiz.

PS. Bizning yangi logomiz (timsolimiz) xaridorlarimiz xarid vaqtida xavfsiz oraliq masofaga rioya qilishlarini eslatib turadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 92
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 48
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar