“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 15:05
ЎЗO‘Z

Oliy ta’lim muassasalari yozgi ta’tilga chiqadimi?

25 mar, 20:09 3 671 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy ta’lim muassasalari yozgi ta’tilga chiqadimi? O‘zbekiston hukumati maxsus komissiyasi qarori bilan oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy o‘qish amaliyoti to‘xtatilgan, shuningdek, ayrim professor-o‘qituvchilar mehnat ta’tiliga chiqarilgan. Karantin yakuni bilan, qoldirilgan o‘qish yuklamasi mos ravishda yozgi ta’til bilan almashishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

«Karantin sabab yozdagi ta’til muddati qisqarishi tabiiy, uning muddati karantin sababli berilgan ta’tilning qancha vaqt davom etishiga bog‘liq. Hozir navbatdan tashqari ta’til necha kunga cho‘zilishidan qat’i nazar, biz talabalarga masofaviy va mustaqil ta’lim olish orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlariga imkoniyat yaratib beryapmiz», – deya ma’lumot bergan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Begimqulov.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidicha, 23 martdan boshlab, hududlardagi OTM professor-o‘qituvchi va xodimlarining aksariyat qismi belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqariladi, qolgan xodimlarning faoliyati maksimal darajada masofadan turib tashkil etiladi.

Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan OTM o‘qituvchisining aytishicha, xodimlar yozgi mehnat ta’tili hisobidan rejadan tashqari ta’tilga chiqarilmoqda. Tabiiyki, yozgi ta’til davrida xodimlar haqsiz dam olishga chiqarilishi mumkin. Ushbu masalaga vazirlik oydinlik kiritdi.

«Avvalo, karantin holati qancha davom etishini aytish qiyin. Shunga qaramay, OTMda qoldirilgan yuklamani rejaga ko‘ra qoplash uchun yoz oyida o‘qish tashkil etilishi mumkin. Tabiiyki, o‘qituvchilar ishga jalb etiladi. Mantiqan, hozirgi ta’til muddatdan oldin o‘talmoqda, o‘qish esa keyinga surilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.

Anglashiladiki, professor-o‘qituvchilar karantin tufayli ish haqini saqlab qolgan holda ta’tilga chiqarilishi bilan birga, yoz davrida haq to‘lanadigan o‘z ish faoliyatiga jalb etilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 33
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 146
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 89
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 21
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Bo‘limlar