“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 16:01
ЎЗO‘Z

Jamoat joylarida niqobsiz yurganlar ishi sudda ko‘rilmoqda

25 mar, 19:14 3 954 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jamoat joylarida niqobsiz yurganlar ishi sudda ko‘rilmoqda Foto: Quva tuman ma’muriy sudi
Farg‘ona viloyati Quva tumanida jamoat joyida niqobsiz yurgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar bermoqda Quva tuman ma’muriy sudi raisi Azizbek Jumayev.

Ma’lum qilinishicha, tumandagi Sanoatchilar MFY manzilida yashovchi fuqaro “Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzib” 25 mart kuni soat 14:00larda Quva tuman markazida niqobsiz yurganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Quva tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv o‘tkazilgan. Ayblanuvchi shaxs, dastlab, sodir etilgan huquqbuzarligini inkor qilib, ishni sudda ko‘rishni so‘ragan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245 moddasi (“ma’muriy sudlar“) bandlariga muvofiq, huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, ma’muriy sudlar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun ishni bevosita ko‘rib chiqadi.

Shunga asosan, mazkur ish 25 mart 2020 yil kuni Quva tuman ma’muriy sudida ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlik harakatlari to‘liq dalillar bilan o‘z isbotini topgan.

Ma’lum bo‘lishicha, huquqbuzar shaxs niqobni qo‘lda ushlagan holatda jamoat joyida harakatlangan.
Ta’kidlanishicha, sud huquqbuzarning qilgan ishidan pushaymonligi, niqobni sotib olgani hamda jamoat joylarida uni taqib yurish majburiyligini tushunganligi, bundan buyon pandemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzmasligi va oilaviy sharoitini inobatga olib, 111 500 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni chog‘da 90 nafar fuqaro karantin qoidalarini buzgani aniqlangan. Ulardan 3 nafari jinoiy va 87 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 51
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 109
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 126
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 92
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar