“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 22:35
ЎЗO‘Z

Prokuror advokatlarning telefonini eshitishga sanksiya berishi mumkin. Advokatlar bundan keskin norozi

25 mar, 13:05 2 680 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prokuror advokatlarning telefonini eshitishga sanksiya berishi mumkin. Advokatlar bundan keskin norozi Kecha taloto‘pda, umuman, karantinga oid turli xabarlar fonida Senat juda bir muhim qonunni ma’qulladi.

Ya’ni «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritishga binoan, prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan so‘zlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma’lumotlarini nazorat qilish belgilanayotgan ekan.

O‘zbekiston qonunchiligining eng katta muammolaridan biri eng muhim qonun hujjatlar deputatlar yoki umuman, betaraflar tomonidan emas, balki bevosita qonundan manfaatdor idora tomonidan yozilishidir. Soliq kodeksi soliqchilar, Bojxona kodeksi bojxonachilar, advokatlarga oid qonunlar yo adliya yoki prokurorlar tomonidan yoziladi. Mamlakatda «xabeas korpus» instituti kengaytirilayotgan yoki shunga harakat ketayotgan bir paytda advokatlar bilan bog‘liq protsedurani prokuror roziligi bilan amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov ushbu o‘zgartish bo‘yicha o‘zining keskin e’tirozini bildiribdi. «Bugun Senat tomonidan ma’qullangan, advokatlik faoliyatimizga tegishli o‘zgarishlarga mening ham qat’iy e’tirozim borligini bildiraman. Bu holatdan, advokat va Advokatlar palatasi raisi sifatida — noroziman. Qonun hujjatlarida, advokatlarga tegishli qonun hujjatlari loyihasi, Advokatlar palatasi Raisi tomonidan imzolanishi (rozilik olinishi) belgilangan. Birok, qonunchilarimiz tomonidan bu tartibga rioya qilinmadi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov, yuqorida eslangan qonun loyihasiga imzo (viza) qo‘ymagan», deyiladi palata raisining bayonotida.

Prezident advokat prokuror bilan teng bo‘lsin, sud tizimi haqiqiy tortishuv prinsipi asosida ishlasin, deb kuyunib yurgan paytda qonunchilarimiz bu jarayonga nafaqat sudning ishtirokini ko‘zda tutishmadi, balki amaldagi tartibdan ham quyiroq, aniqrog‘i osonroq mexanizmni yo‘lga qo‘yishmoqchi. Ilgari hech qursa bu sanksiyani O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar berishi mumkin edi. Kulguli tarafi bu o‘zgartish «Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» deb nomlangan qonun bilan joriy etilayapti.

Bizga mustaqil sud kerak. Bizga mustaqil ommaviy axborot vositalari kerak. Bizga mustaqil advokatlar kerak. Yuqoridagi «kerak»larni hayotga joriy etish uchun bizga mustaqil parlament kerak. Ular esa qonunni ko‘z yumib o‘tkazish bilan ovora.

«Davletovuz» kanalidan olindi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 34
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 52
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 134
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 140
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 28
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 30
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 193
  • Bo‘limlar