“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:43
ЎЗO‘Z

Koronavirusning yangi belgisi aniqlandi

24 mar, 18:09 6 590 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusning yangi belgisi aniqlandi Foto: «Reuters»
Hid va ta’m bilish qobiliyatining susayishi koronavirus infeksiyasining muhim alomatlaridan biri sanaladi. Britaniya otolaringologlar uyushmasi o‘nlab bemorlarni o‘rganib shunday xulosaga kelgan.
Janubiy Koreya, Xitoy hamda Italiyada COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlarning chorak qismida aynan hid va ta’m bilish sezgisi keskin susaygan.

Germaniyada ham bedavo virusga chalingan har uch bemordan ikki nafari is sezish qobiliyatini yo‘qotgan. Koronavirus bilan og‘rigan fransiyalik taniqli basketbolchi Rudi Gober ham aynan hid va ta’m sezgisi g‘oyib bo‘lganidan arz qilgan.

Mazkur alomat nisbatan yoshroq bemorlarda ko‘proq qayd etilgan.
Italiyalik shifokor Marko Metra shaxsiy kuzatuvlariga tayanib ingliz hamkasblari xulosasini tasdiqlagan.

Mutaxassislarga ko‘ra, hid va ta’m sezgisining yo‘qolishi nafaqat COVID-19 virusi, balki nafas yo‘llariga daxl qiluvchi boshqa yuqumli xastaliklarga ham xosdir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko‘ra, isitma, quruq yo‘tal, bosh va mushaklarda og‘riq, holsizlik hamda charchoq koronavirusning asosiy alomatlari sirasiga kiradi. Ammo keyingi paytlarda COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan ko‘p sonli bemorlarda mazkur alomatlarning birortasi kuzatilmay, faqat hid va ta’m sezgisi yo‘qolishi ro‘y bermoqda. Eron, AQSH, Fransiyada shunday holat ko‘paygan.

Hid va ta’m sezgisining yo‘qolishi koronavirusning hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan belgisi sanaladi. Shu bois ko‘p hollarda bunday bemorlar virusni yon-atrofdagi o‘nlab odamga yuqtirishi xavfi oshadi. Shunga ko‘ra, britaniyalik shifokorlar hid va ta’m sezgisini yo‘qotgan kasallarni jamoat joylariga chiqmay, uyda o‘z-o‘zini karantin qilishga undamoqda. Ayni choqda, ular hamkasblariga ham hid va ta’m sezgisi susaygan bemorlarni shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ko‘rikdan o‘tkazish lozimligini uqtirmoqdalar.

Ingliz shifokorlarining xavotiri bejiz emas. Buyuk Britaniyada otolaringologlarning koronavirusga chalinishi holati allaqachon qayd etildi. Xitoyda ham ko‘p sonli otolaringolog hamda ko‘z shifokorlari virus yuqtirib olgan va ulardan ayrimlari vafot etgan.
koronavirus, ta’m bilish, hid bilish




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar