“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 06:22
ЎЗO‘Z

Almatov: Fransiyadan kelgan ilk bemor o‘z xonadonida 35 kishilik bayram qilgan

24 mar, 13:20 4 882 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Almatov: Fransiyadan kelgan ilk bemor o‘z xonadonida 35 kishilik bayram qilgan Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda “Uzreport” telekanali orqali Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali brifing o‘tkazildi.

Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov O‘zbekistonda dastlabki qayd etilgan bemor haqida ma’lumot berdi:

– Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni o‘z xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgan. O‘sha mehmondorchilikda qatnashganlardan 13 kishida bugungi kunda bu kasallik qayd etildi. U bilan samolyotda 250 kishi kelgan, aeroportda tushganidan keyin shaxsiy avtomobilida ham oila a’zolariga yuqtirgan. Keyin ishiga chiqqan va ish joyida 80 nafar xodim va 42 nafar bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Bu zanjir davom etadi. O‘sha muloqotda bo‘lganlar ham o‘z navbatida oila a’zolari yoniga qaytadilar, kundalik hayotdagi ishlarini bajaradilar, do‘kon, sartaroshlarga kiradilar.

Ya’ni bu o‘rinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkin – dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.
Brifing davomida Bahrom Almatov 24 mart sanasi soat 12:00 holatiga O‘zbekistonda 49 nafar koronavirusga chalingan bemor qayd etilganini bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 39
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 185
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 185
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 72
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 328
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar