“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:58
ЎЗO‘Z

Karantin hududlaridan birida hamshira bemordan virus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi

23 mar, 17:45 5 638 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin hududlaridan birida hamshira bemordan virus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi Foto: Tengrinews.kz
Toshkent viloyati hokimligi koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, 23 mart holatiga Toshkent viloyati hududida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 9 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda viloyat bo‘yicha jami 195 nafar terapevt, 131 nafar reanimator, 64 nafar infeksionist, 133 nafar epidemiolog faoliyat olib boradi.

«Viloyatda infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida 8 martdan 9 mart kuniga o‘tar kechasi Janubiy Koreyadan kelgan 181 nafar fuqaro Qibray tumanidagi «Bo‘ston» sanatoriyasiga joylashtirilgan, 14 kunlik karantin muddati tugashi munosabati bilan 22 mart kuni fuqarolar karantindan chiqarilgan.

15 mart kuni «Chotqol» sanatoriyasiga chet davlatdan kelgan 212 nafar fuqaro 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Nazoratga olinganlarga infeksionist, epidemiolog, dezinfektorlar biriktirilgan.

18 mart kuni Rossiya Federatsiyasidan kelgan 264 nafar fuqaro Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Sokol» bolalar oromgohiga joylashtirilgan. 7 nafar shifokor, 2 nafar epidemiolog, 7 nafar hamshira, 5 nafar kichik tibbiy xodim, 4 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etilgan.

Shu kuni «Energetika» sanatoriyasiga chet davlatdan kelgan 255 nafar fuqaro 14 kunlik karantin nazorati uchun joylashtirilgan.
3 nafar shifokor, 1 nafar epidemiolog, 2 nafar hamshira, 6 nafar kichik tibbiy xodim, 4 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etilgan. Hozirgi kunda «Energetika» sanatoriyasida jami 251 nafar fuqaro tibbiy nazoratda saqlanmoqda.

21 mart kuni Rossiya Federatsiyasidan kelgan 243 nafar fuqaro «Nazarbek» sihatgohiga joylashtirildi. 4 nafar shifokor, 1 nafar epidemiolog, 3 nafar hamshira, 8 nafar kichik tibbiy xodim, 2 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etildi», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, bemorlarga qarayotgan hamshiralardan biri koronavirus yuqtirgan.

«23 mart holatiga Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo‘lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan.
23 mart holatiga Toshkent viloyati hududida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar 9 nafarni tashkil etdi.

Koronavirus aniqlangan ilk bemor Fransiyadan kelgan. Unda 15 mart kuni infeksiya aniqlangan. Ikkinchi bemorda 16 mart kuni aniqlangan bo‘lib, birinchi bemordan yuqtirib olgan.

Uchinchi bemor 14 mart kuni Londondan uchib kelgan. 17 mart kuni infeksiya aniqlangan.
18 mart kuni infeksiya to‘rtinchi fuqaroda tasdiqlandi. Beshinchi bemor 20 mart kuni aniqlandi.

Koronavirus aniqlangan oltinchi bemor 18 mart kuni Rossiya davlatidan kelgach, «Sokol» bolalar oromgohida karantinda turgan. Unda 20 mart kuni infeksiya aniqlangan.

Yettinchi bemor 18 mart kuni Moskva orqali Shvetsiyadan kelgan. «Sokol» oromgohida karantinda bo‘lgan, 21 mart kuni kasallik aniqlangan.
Sakkizinchi bemor 14 mart kuni Dubaydan kelgan. 22 mart kuni virus aniqlangan.
To‘qqizinchi bemor hamshira bo‘lib, ayni paytda davolash ishlari olib borilyapti», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 350 mingga yaqinlashdi, shundan 100 mingdan oshiq kishi tuzalib ketdi, 15 297 kishi vafot etdi.
O‘zbekistonda 23 mart holatiga ko‘ra, virus yuqtirganlar soni 46 nafarni tashkil etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 28
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar