“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:55
ЎЗO‘Z

Vazir o‘rinbosari: Maktablarda o‘qishni yozda davom ettirish rejalashtirilmagan

22 mar, 21:21 3 526 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazir o‘rinbosari: Maktablarda o‘qishni yozda davom ettirish rejalashtirilmagan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev maktablarda o‘qishni yozda davom ettirish ko‘zda tutilmagani, bu borada maxsus ishchi guruhga taklif berilishi haqida ma’lum qildi.

«15 mart kuni bosh vazir raisligida o‘tkazilgan maxsus komissiya qarori bilan 16 martdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ta’til e’lon qilingan. Ta’til davomiyligi karantinga bog‘liq.

Maxsus komissiya topshirig‘iga asosan, 26 mart kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birga epedemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda ta’tilni davom ettirish yoki ettirmaslik zaruriyati yuzasidan maxsus ishchi guruhga taklif kiritadi. Ta’til vaqtida belgilangan o‘quv dasturlari televizion darslar orqali o‘quvchilarga yetkaziladi. Hozircha maktablarda yozgi ta’til davrida o‘qishni davom ettirish rejalashtirilmagan», deydi Kenjayev.

AOKA huzuridagi maxsus shtabda o‘tkazilgan onlayn brifing davomida vazir o‘rinbosari ta’til berilgan bo‘lsada o‘qituvchilar karantin vaqtida ham maktablarga chaqirilayotgani, ular elektron jurnal to‘ldirish uchun maktablarda majburan ushlab o‘tirilgani haqidagi e’tirozlarga ham javob berdi.

«Respublikamizdagi barcha pedagoglar joriy yilning 18 martidan boshlab haq to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqarildi. Bu haqda vazirlikning tegishli buyrug‘i ham qabul qilinib, joylarga yetkazildi.

Shunday bo‘lsa ham hududlarda ta’til vaqtida o‘qituvchilarni turli tadbirlarga jalb etilayotgani yoki ishga chaqirib qandaydir ishlarni bajarish majburlanayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Vazirlik tomonidan bunday holatlar tezkor o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, ta’til vaqtida pedagoglarni hech qanday ishlarga jalb etmaslik to‘g‘risida vazirlikning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari, veb-sayti orqali murojaat bilan chiqilgan. Savolda aniq manzil, viloyat, tuman, maktab ko‘rsatilmagan ekan. Agar bu haqda to‘liq ma’lumot berilsa, albatta bunga chora ko‘riladi.

Shu bilan birga, ta’tilda belgilangan pedagogik yuklamalarni onlayn, ya’ni masofadan turib bajarish imkoniyati yaratiladi.

Elektron kundalik masalasiga kelsak, biz televizion darslarni elektron kundalik orqali ham yetkazish, ya’ni uyga berilgan topshiriqlarni o‘qituvchilar orqali ota-onalarga yetkazish va o‘quvchilarni baholash rejalashtirilgan. Buning uchun o‘qituvchi ishga borishi shart emas, uni mobil telefon orqali uyda turib ham bajarishi mumkin.

Fursatdan foydalanib, yana bir bor barcha ta’lim muassasalari rahbarlari, mahalliy hokimliklardan o‘qituvchilarni ta’til vaqtida ishga jalb etmaslikka chaqirib qolamiz», dedi Dilshod Kenjayev.

Oldinroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov karantin sabab OTMlarda yozgi ta’til muddati qisqarishi mumkinligini aytgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar