“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 04:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning yana bir holati qayd etildi

22 mar, 10:30 6 827 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning yana bir holati qayd etildi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu infeksiya aniqlangan fuqaro Shveysariyada bo‘lib qaytgani ma’lum bo‘ldi.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 42 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning telegram kanalida ma’lum qilishicha, ayni vaqtda virusologiya ilmiy tekshirish institutida bo‘lib turgan 42 nafar bemorning 9 nafarida o‘pkaning yallig‘lanishi, ya’ni pnevmoniya holati qayd qilingan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgan, Parijdan uchib kelgan ayolga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi. Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida hamda ular bilan aloqada bo‘lganlarda virus aniqlandi. Shveysariyadan kelgan reys O‘zbekistonga virus kirib kelgan beshinchi yo‘nalish bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 308 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda, 95 mingdan ortiq kishi tuzalgan, qurbonlar soni 13 mingdan ortiq.
Ayni vaqtda virusdan eng ko‘p jabr chekayotgan davlatlar (Xitoydan keyingi o‘rinlarda, virus o‘chog‘i bo‘lgan bu davlatda virus tarqalishiga deyarli barham berildi) Italiya (53578 bemor, 4825 qurbon), AQSH (26867 bemor, 348 qurbon), Ispaniya (25364 bemor, 1381 qurbon), Germaniya (22364 bemor, 84 qurbon), Eron (20620 bemor, 1556 qurbon) va Fransiya (14459 bemor) bo‘lib turibdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 63
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 20
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 202
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar