“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:01
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonliklarga murojaat: «Koronavirusga qarshi karantin qoidalariga rioya qiling!»

22 mar, 06:26 4 101 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonliklarga murojaat: «Koronavirusga qarshi karantin qoidalariga rioya qiling!» O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus komissiya fuqarolarga murojaat yo‘lladi. «Koronavirus tarqalishi oldini olishning eng muhim sharti — karantin qoidalariga qat’iy va istisnolarsiz rioya etishdir», — deyiladi unda.

Murojaatning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin:

Chet eldan qaytib kelayotgan vatandoshlarimiz, faoliyatida cheklovlar o‘rnatilgan tashkilotlar va muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari va umuman mazkur cheklovlar tegishli bo‘lgan barcha-barcha sub’ektlar, jismoniy va mansabdor shaxslar davlat tomonidan belgilangan karantin qoidalari va talablarini so‘zsiz bajarishlarini qat’iy so‘raymiz.

Amalga oshirilayotgan keng qamrovli tushuntirish ishlari va choralar, jumladan murakkab sharoitda va tezkor ravishda chet eldan qaytib kelayotgan ko‘p sonli vatandoshlarimiz uchun Respublika hududlarida sharoitlar yaratilganiga qaramasdan, 20 mart kuni Samarqand viloyatida karantinga olingan maskandan ikki fuqaro qochib ketgan.

O‘zining bunday mas’uliyatsiz xatti-harakati bilan bu fuqarolar boshqalarning va yaqinlarining hayotini xavfga qo‘ygan va bu bilan O‘zbekiston qonunlarini qo‘pol ravishda buzgan. Bu fuqarolar hozirda ushlangan va izolyatsiya qilingan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Shu munosabat bilan yana bir marta barchani alohida ogohlantiramiz hamda o‘z harakatingiz bilan nafaqat o‘zingiz, balki oila a’zolaringiz va xalqimizga ziyon yetkazishingiz mumkinligini doimo esda tutishingizni so‘raymiz.

Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida juda qattiq javobgarlik choralari ko‘zda tutilgan. Jinoyat kodeksiga asosan shunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Virus keng tarqalishining oldini olish uchun fuqarolar jamoat joylariga iloji boricha chiqmasligi, o‘z harakatlanishini keskin cheklashi va umuman olganda jamiyatda odamlar orasida masofa saqlashi zarur.

Hurmatli fuqarolar, barcha qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilinsagina, tegishli tashkilotlar talabi qat’iy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan bu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashimiz samara beradi. Barchangizni shunga chaqiramiz.

O‘z navbatida, tegishli mutasaddi mas’ul idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va xodimlari karantin bilan bog‘liq talablarga rioya etilishini 24 soat ta’minlab borilishiga shaxsan javobgarligini ta’kidlaymiz.

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining
oldini olish bo‘yicha maxsus komissiya murojaatidan




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 87
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 34
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar