“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:57
ЎЗO‘Z

Farg‘onada bemor koronavirus yuqtirdim deb vahima ko‘tardi

21 mar, 08:00 4 892 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada bemor koronavirus yuqtirdim deb vahima ko‘tardi Shu yilning 20 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi 5-oilaviy poliklinikada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor aniqlanibdi, degan mazmundagi asossiz va shov-shuvli xabar tarqaldi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Gap shundaki, shu kuni mazkur poliklinikaga 2001 yilda tug‘ilgan Farg‘ona shahridagi go‘zallik salonlarining birida faoliyat ko‘rsatuvchi xodim X.D. tana haroratining oshishi, tamoq og‘rishi shikoyati bilan ushbu tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Tibbiyot xodimlari tomonidan u belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ammo bemor vrachga o‘z shikoyatlarini bayon qila turib, yaqinda Rossiyada bo‘lib qaytgan fuqaro bilan muloqotda bo‘lganligini aytib, barchani vahimaga solgan. Bu esa ko‘pchilik o‘rtasida asossiz mish-mish tarqalishiga ham sabab bo‘lgan.

– Shundan so‘ng belgilangan tartibda poliklinika ma’sul xodimlari tomonidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi shtabiga xabar berilgan, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov. – Ko‘rilgan tezkor tadbirlar va ehtiyot choralari natijasida bemorga zudlik bilan maslahat guruhi yuborilib, epidemiologik anamnezi to‘liq o‘rganilib, profilaktik nuqtai nazardan yuqumli kasalliklar shifoxonasi izolyatoriga yotqizilgan. Koronavirusni aniqlash uchun PZR usulida tekshirish uchun surtma olindi. Shu bilan birga, uning oila a’zolari ham qat’iy tibbiy kuzatuvga olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bemordan shu yilning 20 mart kuni viloyat SEO virusologiya bo‘limi xodimlari tomonidan PZR usulidagi №197 sonli olingan tahlil xulosasiga ko‘ra, unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

«Shu o‘rinda fuqarolarimizdan yana bir bor asoslanmagan xabarlarga, turli mish- mishlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi SSV xabarida.
Farg‘ona, koronavirus, vahima




Mavzuga oid yangiliklar
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 41
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 52
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar