“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:00
ЎЗO‘Z

Davlatlarning baxtiyorlik bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston MDH davlatlari ichida yetakchi

20 mar, 21:02 3 327 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlatlarning baxtiyorlik bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston MDH davlatlari ichida yetakchi BMT butun dunyoda 20 mart kuni nishonlanadigan Xalqaro baxt kunida davlatlarning baxtiyorlik bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qildi. E’tiborlisi, O‘zbekiston ushbu reytingda 38-o‘rinni egallab, MDH davlatlari o‘rtasida yetakchi deb topilgan.

Bu haqda World Happiness Report hisobotida ma’lum qilingan.

Reytingda uchinchi yil qatorasiga Finlyandiya yetakchilik qilmoqda. U eng baxtli davlat deb topilgan. Yuqori o‘ntalikdagi keyingi o‘rinlarni Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Luksemburg egallagan.

Shuningdek, yetakchi davlatlardan Buyuk Britaniya 13-o‘rinni, Germaniya 17-o‘rinni, AQSH 18-o‘rinni, Fransiya 23-o‘rinni, Rossiya 67-o‘rinni, Xitoy 94-o‘rinni egallagan.

E’tiborlisi, O‘zbekiston reytingning 38-o‘rnidan joy olib, MDH davlatlari orasida yetakchi bo‘ldi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 50-o‘rinni, Tojikiston 71-o‘rinni, Qirg‘iziston 74-o‘rinni va Turkmaniston 95-o‘rinni egallagan.

Eng bebaxt davlatlar deb Hindiston, Malavi, Yaman, Botsvana, Tanzaniya, Markaziy Afrika Respublikasi, Ruanda, Zimbabve, Janubiy Sudan, Afg‘oniston topilgan.

Reytingga hammasi bo‘lib 153 ta davlat kiritilgan bo‘lib, mutaxassislar ulardagi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot darajasi, umr ko‘rish davomiyligi, aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, saxiylik, korrupsiya darajasi, fuqarolarning muhim qarorlarni mustaqil qabul qilishdagi erkinligi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olishadi. Ushbu ko‘rsatkichlar 10 ballik shkala bo‘yicha baholanib, so‘ngra har bir davlat uchun o‘rtacha ball chiqariladi.

World Happiness Report (Baxtiyorlik to‘g‘risidagi hisobot) BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash bo‘limi tomonidan har yil tuzilib kelinadi. Ushbu hisobot ilk bor 2012 yilda e’lon qilingan.

20 mart butun dunyoda Xalqaro baxt kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun BMT Bosh assambleyasining 2012 yil 28 iyundagi rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar