“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:01
ЎЗO‘Z

Koronavirusga qarshi kurashayotgan o‘zbek shifokorlari

20 mar, 18:08 4 675 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga qarshi kurashayotgan o‘zbek shifokorlari Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida koronavirusga chalingan bemorlarga tun-u kun xizmat ko‘rsatayotganlar — Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh vrachi, tibbiyot fanlari doktori, Muhayyo Asilova (markazda) va uning ahil jamoasi suratini e’lon qildi.

«Azaldan xalqimiz tomonidan insonlarga shifo ulashguvchilar qadrlanib kelingan. Negaki, salomatlik eng qutlug‘ ne’matdir. Ana shu ulug‘ ne’matni asrashdek sharafli kasbni tanlagan shifokorlarimizning zimmasida katta mas’uliyat bor. Shunday sharafli vazifani o‘z qasamyodiga sodiq qolgan holda bajarib kelayotgan tibbiyot xodimlarining har bir kuni qahramonlikdir.

Koronavirus infeksiyasi dunyoga tahdid solib turgan bir paytda, tibbiyot xodimlari zimmasidagi mas’uliyat yanada oshishi bilan birga, ular faoliyatining har kuni, kerak bo‘lsa, har daqiqasi qahramonlik ekanligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayni vaziyatdan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasiga chalingan yoki gumon qilinganlarga birinchi bo‘lib, tibbiyot xodimlari ro‘baro‘ kelishadi. O‘z kasbiga sodiq qolgan holda, bemorlarni tibbiy kuzatuvga olishib, zudlik bilan davolash choralarini ko‘rishmoqda.

Mana shunday fidoyilik va qahramonlikka dunyo xalqlari qatori, vatandoshlarimiz ham guvoh bo‘lishmoqda va e’tirof etishmoqda. Kechadan buyon shifokorlarimiz tomonidan uyushtirilayotgan «Men siz uchun ishda qoldim, siz men uchun uyda qoling!» chellenji aholining mehri va e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Ushbu chellenjga ko‘plab munosabatlar bildirilmoqda.

Jumladan: «Aslida har kim ham shifokor bo‘lolmaydi, har kim ham mana shunday murakkab vaziyatda sadoqatini namoyon qilolmaydi. Lekin xonadonidan eng mas’uliyatli nuqta tomon yo‘l olayotganida, uni ming xavotir bilan kuzatib qo‘yayotgan rafiqasiga, turmush o‘rtog‘iga, mehribon onasi, otasi, ko‘zlari mo‘ltirab turgan o‘g‘li yo qiziga: «Hali hammasi yaxshi bo‘ladi...», deya kulib taskin bergan, ish joyida mijja qoqmay xizmat qilayotgan shu shifokorlar chin fidoyi insonlardir. Ular haqiqiy qahramonlardir» kabi iliq munosabatlar shifokorlarning faoliyatiga haqiqiy bahodir.

Shu o‘rinda aholi tomonidan bildirilayotgan e’tiroflar tibbiyot xodimlari uchun ulkan mukofotdir. Bundan tashqari, saxovatpesha insonlar tomonidan aholi o‘rtasida gigiyena vositalarining xayriya sifatida ulashilayotgani, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalib ketishiga qarshi matonat bilan kurashayotgan jonkuyar tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari bilan chiqayotgani quvonarlidir. Bu azaldan yurtga kulfat kelganda xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib, birlashishga qodir ekanining yana bir yorqin dalilidir.

Eng muhimi, shifokorlarimizning tavsiyalariga qat’iy amal qilgan holda, imkon qadar ko‘chaga chiqmasdan gigiyena qoidalariga amal qilsangiz tibbiyot xodimlariga eng katta ko‘makni bergan bo‘lasiz. Birdamligimiz esa dunyoni larza solayotgan ofat ustidan g‘olib bo‘lishimizda hal qiluvchi rol o‘ynashi shubhasiz», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
koronavirus, o‘zbek shifokorlari




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 45
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 88
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 125
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 36
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar