“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:49
ЎЗO‘Z

Koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duolar va amallar e’lon qilindi

20 mar, 08:40 4 872 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duolar va amallar e’lon qilindi Foto: Kun.uz
Qurbonliklar qilish, muhtojlar va mehribonlik uylariga ehsonlar qilish, «Najot so‘rash» namozini o‘qish, «Solatan tunajjino», «Solatan noriya» duolarini 300 martadan o‘qish, 70ta xatmi Qur’on va xatmi Buxoriy. O‘zbekiston Musulmonlari idorasining diniy soha xodimlari va umuman musulmonlarga koronavirus balosi daf bo‘lishiga qarshi ado etishlari yuklatilgan vazifalari ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi butun dunyoga jiddiy tashvish olib kelayotgan koronavirus kabi yuqumli xastalikni tez orada insoniyat boshidan aritish borasida Qur’oni Karim va hadisi shariflarga muvofiq maxsus amallarni ado etish vazifasini diniy soha xodimlari zimmasiga yukladi. Idoraning 2020 yil 18 mart kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent shahri va viloyatlar vakilliklariga yuborilgan xatida shu haqda so‘z boradi.

Unda, jumladan, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent shahri va viloyatlar vakilliklari tomonidan bir bosh qoramol va har bir tuman-shaharlarda bir bosh qo‘y, jami 15 bosh qoramol, 200ta qo‘y so‘yilib, go‘shtlar va hadyalar ila kam ta’minlangan oilalar, yordamga muhtoj kishilar, duosi mustajob insonlar va mehribonlik uylariga xayriya qilinishi belgilangan.

Bundan tashqari, masjidlar imom-xatiblari, imom noiblari o‘z xonadonlarida ikki rakaat «Najot so‘rash» namozini o‘qib bo‘lgach, «Solatan tunajjino», «Solatan noriya» duolarini 300 martadan o‘qish, diniy ta’lim muassasalari ustoz va talabalari o‘z uylarida 70ta xatmi Qur’on o‘qish va Toshkent islom instituti ustozlari tarafidan Imom Buxoriyning «al-Jome as-Sahih» asarini xatmi Buxoriy qilish belgilangan. Bu amallar 20 mart juma kuni soat 12:00gacha yakunlanishi ta’kidlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi «Suzuk ota» majmuasida 7 nafar eng tabarruk ulamo tomonidan ushbu xayriya tadbirlari, xatmi Qur’onlar va salovotlar ijobatini so‘rab, yakuniy duolar ado etilishi lozimligi, shuningdek, viloyatlar bosh imom-xatiblari xuddi shunday shaklda 7 nafar tabarruk ulamo ishtirokida duolar qilishlari zarurligi qayd etiladi. Saudiya Arabistonidagi hamkor shirkatlar vakillariga esa, Makkai mukarrama va Madinai munavvaradagi Harami Shariflarda duo-tazarruda bo‘lish, mo‘min-musulmonlar o‘z oilalari davrasida zikr, istig‘for va baloni daf bo‘lishi uchun besh mahal namozdan so‘ng duo va tazarruda bo‘lish tavsiya etilgan.

Kun.uz ayni vazifalar yuzasidan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov izohini oldi.

«Ofatni daf qiladigan vositalar qatorida duo dedik. Bundan tashqari, sadaqot ham baloni daf qiladi. Sadaqa berish bilan baloni daf qilinglar, degan mazmundagi hadislar bor. Yetim-yesir, muhtojlarning ko‘nglini ko‘tarib, kambag‘allarga yordam qilib, ayniqsa, boy-badavlat kishilar bo‘lsa, ehson qilishlik bilan Alloh taolodan baloni daf qilishni so‘rash ham bir vosita.

Shu ma’noda, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ham joylardagi vakilliklarga shunday bir tavsiya bilan chiqdiki, masjidlarda imkoniyatga qarab, balki homiylar yordamida qurbonliklar qilish, ularni muhtojlarga, kambag‘allarga tarqatish, Alloh taoloning kalomi – Qur’oni karim xatmi Qur’on qilinsa, o‘qilgan joyga Allohning rahmati nozil bo‘ladi, balolar ko‘tariladi. Xatmi Qur’ondan keyin qilingan duo ham so‘zsiz ijobat. Shu ma’noda, qorilarga xatmi Qur’on qilishlik tavsiya qilindi.

Albatta, keng xalq ommasiga ham, imkoniyati bor kishilar xoh Qur’on tilovati, zikr-salavot bilan mashg‘ul bo‘lsa, yon-veridagi insonlarga ixlos bilan imkoni darajasida sadaqot qilsa, mana shu ofatning daf bo‘lishligining katta bir omillaridan bo‘ladi. Bu dinimizda tavsiya qilingan, tajribalarda bo‘lib o‘tgan narsalarki, hozirgi paytda shu narsalarni amalga oshirishligimiz ayni muddao bo‘ladi», - dedi Homidjon domla Ishmatbekov.
koronavirus, duolar, amallar




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar