“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:18
ЎЗO‘Z

Begona emas, o‘zingniki aldasa alam qilar ekan

20 mar, 08:12 4 239 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Begona emas, o‘zingniki aldasa alam qilar ekan O‘rtada burun bo‘lmasa, u ko‘zi bu ko‘zini o‘yib oladigan xalqqa aylanib qolibmizmi, deyman-da... (Alloh asrasin!) Xudbinlashib ketganimizni bilardim. Ramazon va hayitlardagi sun’iy qimmatchiliklar to‘qlikka sho‘xlikdan deb o‘ylardim. Boshga musibat kelsa, birlashib ketamiz, degan umidda edim... To‘g‘ri, umidim so‘ngani yo‘q, hech qachon so‘ymaydi ham, u o‘zim bilan ketadi. Lekin xulosalarim qoramtir rang olib boryapti, afsus...

Toshkentda ilk ish boshlaganimda, sarmoya uchun onamning tilla sirg‘asini olib kelib sotib, eng birinchi, ukamning oyog‘iga tufli oberganman. Ammo ikki-uch soat o‘tar-o‘tmay, tagi ko‘ndalangiga yorilib ketgan. Mol Xitoyniki bo‘lsa ham, uni maqtab sotgan ajnabiy emas, o‘zimniki edi...

Mustaqil ish qilib, qo‘limda to‘rt-besh so‘m jamg‘arilgach, onamga zirak olib bermoqchi bo‘lganman. Onam: “Uyda sog‘ib ichishga sigir yo‘q, bolam, birorta g‘unajin bo‘lsa ham, oberaqol o‘shaning o‘rniga”, dedi. Bozorga chiqib, bir amakimizning qaynisidan, bug‘oz, ichida uch-to‘rt oylik bolasi bor, degan lafziga ishonib, molini sotib olganman. Ammo u g‘unajin tug‘maydigan kasal ekan, bilganlar bozordan chiqishim bilanoq ta’rifini berishgan. Ammo men egasiga ishonganman. Afsus, onamning orzusi amalga oshmay qoldi. O‘sha molni aldab sotgan ham o‘zimniki, begona emas...

Bir do‘stimning tejab-tergab olgan bir sigiri sariq kasalga mubtalo chiqibdi, endi nima qilay, men ham qaytarib olib chiqib sotsam bo‘ladimi, deb mendan so‘rayapti. Uni aldagan ham ertaga yuzi yuzga, ko‘zi ko‘zga tushadigan odam, begona emas...

Shu paytgacha juda ko‘p muttahamlarni, aldoqchilarni ko‘rdim. Ammo ular haqida gapirgim, yozgim kelmaydi. Aytsam, urchiydigandek tuyuladi. Ba’zida yozgan bo‘lsam, ichimga sig‘maganidan...

...ammo nima bo‘lganda ham, oqibatni unutmasligimiz kerak. Kimlardir OQIBAT hali tirik ekanini, INSOF, VIJDON, EZGULIK o‘lmaganini namoyon etayotir. Biz ham ularning safiga qo‘shilaylik. Bozorlarda bo‘lib o‘tgan taloto‘pni esa, boshqa millatlarda ham bo‘lib turgan, odam bolasining tuprog‘iga qo‘shib qorilgan salbiy bir illat sifatida ko‘raqolamiz...

Axir, bizning millat buyuk millat. Bizning millat mehr-oqibatli millat. Bizning millat...

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 230
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar