“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 16 mingdan ortiq kishi karantinga olingan

19 mar, 22:23 4 654 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 16 mingdan ortiq kishi karantinga olingan 19 mart kuni holatiga ko‘ra O‘zbekistonda ayni vaqtda 16 mingdan ortiq kishi karantinga joylashtirilgan. Bu haqda koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, koronavirusga qarshi kurashish ishlariga qariyb 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab, oylik maoshiga qo‘shimcha 120 foiz ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kasallanganlarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish, buning uchun barcha hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalarini ekspress-testlar bilan ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Hozirgi kunda 16 mingdan ortiq fuqarolar karantinga olingan. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga karantin nazoratini ta’minlash yuklatildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 23 kishi koronavirus yuqtirgani qayd etilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonning turli hududlarida shu maqsadda 8ta sanatoriy va 6ta shifoxona tayyorlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarosi koronavirus tarqalgan mamlakatdan bir o‘zi qaytib kelsa, unga uy karantini belgilanadi va u tibbiy nazorat ostida bo‘ladi. Charter reyslari bilan O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar karantinga joylashtiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar