“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:15
ЎЗO‘Z

Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi

19 mar, 17:12 4 750 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pulemyotning jangovar otish imkoniyatini oshirgan harbiy ixtirochiga «Kobalt» berildi Bugun, 19 mart kuni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik a’lochisiga «Kobalt» rusumli avtomobilni tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz'ga ma’lum qildi.

Okrug tasarrufidagi doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qismlarda xizmat vazifasini o‘tayotgan ilg‘or harbiy xizmatchilarga imtiyoz asosida avtomobil berilmoqda. Serjant Karim Maxmaraimov «Jangovar vzvod yili»da harbiy-amaliy, jangovar mashqlarda hamda kundalik xizmatda namuna bo‘lgani uchun okrug tarixidagi birinchi avtomobil sohibiga aylandi.

Serjant Karim Maxmaraimov Mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan «Tashabbuskor g‘oya» asosida harbiy ixtirochilik yo‘nalishida ham ko‘plab izlanishlar olib borgan. U zirhli texnikadagi 14.5 mm.li plumyot qurolini o‘qlash mexanizmini soddalashtirib, qurolni jangovar otish imkoniyatini oshirgan.

Shu alohida ta’kidlash kerakki, aprel oyida yana 10 nafar ofitser va serjantlarga 10 yil muddatga imtiyozli kredit asosida avtomobil topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Samarqand, Jizzax va Navoiy garnizonida xizmat qilayotgan harbiylarni farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun 90 ta imtiyozli tavsiyanoma berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 125
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 147
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 268
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 0
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • Bo‘limlar