“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:16
ЎЗO‘Z

Birjada unning narxi pasaydi

19 mar, 14:10 4 814 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Birjada unning narxi pasaydi 18 mart kuni "O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ ochiq birja savdolari orqali jami 210,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, bu avvalgi savdo kuniga nisbatan 28,6 foizga ko‘p.

Un bozorida talab darajasi nisbatan ko‘tarilganligi bois sotuvchi korxonalar birja savdolariga jadvallarda belgilangan hajmlarga qo‘shimcha ravishda 15 000 tonna un mahsulotlarini qo‘yishni boshlashdi.

18 mart kuni birja savdolariga 7 890,0 tonna bug‘doy unining 1-navi qo‘yildi va ularning barchasi sotildi. Savdolarda 42 ta sotuvchi korxonalar va 1 416 ta xaridorlar erkin tarzda ishtirok etishdi.

Kecha o‘tkazilgan birja savdo yakunlariga ko‘ra, unning 1-navi bo‘yicha birjada shakllangan narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan 1,5 foizga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 2,5 mln so‘mni tashkil etdi. Unning minimal narxi Toshkent viloyatida – 2,4 mln so‘m, maksimal darajasi esa Sirdaryo viloyatida – 2,6 mln so‘m atrofida qayd etildi.

Birjaning shakar bozorida joriy yilning boshidan buyon o‘rnatilgan o‘zgarishsiz holat saqlanmoqda. 18 martda jami 2 000 tonna shakar birja savdolariga qo‘yildi va ulardan 279,0 tonnasi, ya’ni 14 foizi sotildi. Sotilgan mahsulotning umumiy qiymati 1,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Taklif darajasi yuqori bo‘lganligi sababli shakarning narxi avvalgi kunga nisbatan deyarli o‘zgarmadi va boshlang‘ich narx darajasida qayd etildi. Xususan, shakar bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi tovarning bir tonnasi uchun 5,3 mln so‘mni, uning boshlang‘ich narxi esa 5,3 mln so‘mni tashkil etdi.

Shunga o‘xshash holatlar birjaning paxta yog‘i bozorida ham kuzatildi. 18 mart savdo natijalariga ko‘ra 681,4 tonna paxta yog‘i birja savdolariga qo‘yildi va ulardan 203,5 tonnasi, ya’ni 30 foizi sotildi. Paxta yog‘ining o‘rtacha narxi mahsulotning boshlang‘ich narxiga nisbatan 0,5 foizga, avvalgi kunga nisbatan 0,2 foizga o‘sib, bir tonnasi uchun 9,2 mln so‘mni tashkil etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 47
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 43
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 127
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 158
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar