“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:16
ЎЗO‘Z

IIVda qator lavozimlar tugatildi

19 mar, 12:50 4 454 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIVda qator lavozimlar tugatildi Prezident “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosari - Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimlari tugatildi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi vazirlik Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti etib qayta tashkil etildi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

Bosh vazir o‘rinbosariga budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan qishloq va suv xo‘jaligi sohasiga ajratilib, ulardan foydalanishdan tejaladigan mablag‘larni qayta taqsimlash huquqi beriladi;

tuman va shahar hokimlariga o‘z hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridagi haqiqiy ahvolni o‘rganish maqsadida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalariga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘yicha buyurtma berish vakolati beriladi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yerlarining monitoringi samaradorligini oshirish, ularning o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish maqsadida kosmosuratlar bilan ishlash, ularni deshifrovka qilish va Milliy geoaxborot tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yadi;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlar bazasini Milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qiladi hamda yer va suv resurslari bo‘yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi;

uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqaruvchi sertifikatlangan pilotlarni 2020 yil yakuniga kadar 100 nafarga, 2021 yil yakuniga qadar 200 nafarga yetkazish choralarini ko‘radi;

uchuvchisiz uchish apparatlari har bir tuman va shaharda ishlatilishini inobatga olgan holda, ularning samaradorligini oshiruvchi dasturiy ta’minotlarni joriy etish, shuningdek, uchish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar