“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:06
ЎЗO‘Z

Bosh prokuror va ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari soni yana bittaga ko‘paydi

19 mar, 12:30 3 737 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuror va ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari soni yana bittaga ko‘paydi Prezident “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagi lavozimlar kiritildi:
a) Bosh prokuratura tuzilmasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan:
- Bosh prokurorning o‘rinbosari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokurorlarining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston transport prokurorining katta yordamchisi;

b) ekin maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi texnikalari holatini nazorat qilish, mineral o‘g‘itlarning maqsadli ishlatilishini, paxta va g‘alla hosilini yig‘ib olishda jamoat tartibi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari.

Belgilanishicha:
a) Bosh prokuraturaning Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlanadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalarining qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limlari agrar va oziq-ovqat sohalarini rnvojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limlari deb qayta nomlanib, ularga qo‘shimcha 145 ta shtat birliklari ajratiladi;

b) O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining boshqarma maqomiga ega bo‘lgan 12 nafar xodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi;

v) O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga:

mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat ichki ishlar boshqarmalari (bosh boshqarmasi) boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlari bo‘ysundiriladi;

o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tegishli sohaviy xizmat xodimlarini (ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektorlaridan tashqari) jalb etish vakolati beriladi;

g) O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining bir nafar o‘rinbosari va viloyatlar boshqarmalarining bir nafardan alohida mas’ul xodimlari bosh vazir o‘rinbosariga qishloq xo‘jaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari haqidagi va boshqa ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan axborot tizimini yaratishda ko‘maklashadi;

d) yangi kiritilayotgan O‘zbekiston bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va viloyat prokurorlarining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston transport prokurorining katta yordamchisi hamda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari bosh vazir o‘rinbosariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;

ye) O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini va uning boshqaruv apparatini kiritish Ichki ishlar vazirligi xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi;

j) prokuratura organlari tuzilmasiga yangi kiritilayotgan lavozimlar va ajratilayotgan qo‘shimcha shtat birliklari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimidagi 160 ta shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 18
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 29
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 95
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar