“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:34
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev va To‘qayev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi

18 mar, 15:10 2 875 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev va To‘qayev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining saytida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari koronavirus pandemiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar, bir-birlariga kasallikka qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbining qat’iy harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, ular o‘z vaqtida va asosli ekanligini ta’kidladi.

Prezidentlar oliy darajadagi hamkorlik va ikki mamlakat hukumatlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhimligi to‘g‘risida fikr bildirildi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda ayni vaqtga kelib koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 32ta holat aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekistonda 15 ta holat qayd etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar