“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 00:27
ЎЗO‘Z

Yashirin tarmoq orqali foydalanish qimmatga tushmoqda

18 mar, 12:07 3 022 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yashirin tarmoq orqali foydalanish qimmatga tushmoqda Ma’lumki, elektr energiyasi, tabiiy gazdan tejab-tergab foydalanish, foydalanilgan bu ne’matlar uchun vaqtida to‘lovni amalga oshirish har bir iste’molchining burchidir. Biroq, ana shu ma’suliyatni unutgan ayrim iste’molchilar elektr energiyasi, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelishayotgani hamon uchramoqda. Byuroning viloyat, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilayotgan kunlik tadbirlar davomida energiya resurslari va tabiiy gaz bilan bog‘liq huquqbuzarliklar fosh etilmoqda.

Masalan, Majburiy ijro byurosining Mingbuloq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Qo‘riqobod” mahallasida yashovchi fuqaro G.Lining xonadonida to‘lov intizomiga amal qilishi, tarmoqlardan foydalanishi o‘rganiladi. O‘rganish davomida esa iste’molchining yuzi shuvut bo‘ldi. Gap shundaki, G.Li yashash xonadonidagi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanib, hisoblagichdan tashqari ko‘z bilan aniqlab bo‘lmadigan darajada yashirin ravishda foydalanib kelgan.

Qoidabuzar fuqaro ushbu harakati bilan ta’minotchi korxona manfaatlariga 15.768 kVt.soat, ya’ni 4.651.560 ming so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Iste’molchiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 101-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, yetkazilgan zarar bilan birga eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida jarima jazosi ham qo‘llanildi.

Yoki bo‘lmasa, Byuroning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Do‘stlik” mahallasida yashovchi J.Sulaymonov xonadoni ko‘rilganda hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda elektr energiyasidan foydalanib, 1.227.400 so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu fuqaro ham huquqbuzarligi uchun qonun oldida javob berdi.

Shu o‘rinda ta’kidlaymizki, har bir iste’molchi birinchi navbatda foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz uchun har oyning 10 sanasiga qadar to‘lab borishlari lozim. Bundan tashqari tarmoqlardan faqatgina qonuniy yo‘llar orqali foydalanish maqsadga muvofiq. Shunda ortiqcha ovoragarchilikga, zarar hamda jarima summasini to‘lashga o‘rin qolmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 0
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 66
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 42
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • Bo‘limlar