“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:29
ЎЗO‘Z

Koronavirus – 10 savolga 10 javob!

17 mar, 15:05 5 424 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus – 10 savolga 10 javob! Foto: REUTERS
1.Koronavirus nima va u qanday yuqadi?
Koronavirus bu - respirator virus, u Covid-19 kasalligini keltirib chiqaradi. Viruslar havo-tomchi yo‘li bilan aksirish yoki yo‘talish paytida havoga chiqariladigan juda mayda tupuk tomchilari orqali yuqadi. Masalan, sizdan ikki metrdan kam masofada bo‘lgan va aksirayotgan (yoki kichik tupuk sachratib gapirayotgan) odam sizga virusni yuqtira oladi.

Bundan tashqari, koronavirusni qattiq yuzadan yuqtirish mumkin (eshik tutqichi yoki metroda eskalator tutqichi) — bunday sirtlarda u ikki kun yoki undan ham ko‘proq yashay oladi.

2. Kasallikning qanday belgilari bor?
Isitma, lanjlik va quruq yo‘tal. Ba’zi kasallarda uchraydigan simptomlar: burun bitishi, tumov, mushak og‘riqlari, tomoq og‘rig‘i va ich surishi. Bu simptomlar boshlanishida yengil seziladi va shiddatli bo‘lmaydi. Virusni yuqtirib olganlarning ayrimlari yuqoridagi bu asoratlarni og‘ir his qilmasliklari mumkin.

3. Koronavirus infeksiyasining belgilari qancha vaqt mobaynida paydo bo‘ladi?
Koronavirus belgilari 14 kun mobaynida va ana shu infeksiya bilan kasallangan bemor bilan muloqotdan keyin paydo bo‘lishi mumkin.

4. Koronavirusning oldini olish bo‘yicha qanday choralar mavjud?
- Birinchidan, qo‘llarni muntazam ravishda sovunlab yuvish yoki dezinfeksiya qiluvchi vositalardan foydalanish;
- yuvilmagan qo‘llar bilan og‘iz, ko‘z, burun va yuzga tegmaslik;
- jamoat joylari va odamlar ko‘p to‘planadigan yerlarga borishni kamaytirish;
- aksirish yoki yo‘tal paytida og‘iz va burunni yopish;
- shamollash belgilari bo‘lgan odamlar bilan aloqa qilishdan saqlanish;
- shuningdek yovvoyi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlaridan uzoq turish.

5. Tibbiy niqoblar koronavirusdan himoyalanishda yordam beradimi?
Tibbiy niqoblar samara beradi. Faqat ulardan foydalanishning ham qoidasi bor. Niqoblarning turiga qarab ulardan 20 daqiqadan 3 soatgacha foydalanish mumkin.

6. Koronavirusga qarshi vaksina bormi?
Bugungi kunda koronavirusga qarshi vaksina mavjud emas. Chunki bu virusning ilm-fanga ma’lum bo‘lmagan yangi turi. Hozirda vakitsinani ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

7. Virusli kasalliklar, jumladan koronavirusni antibiotiklar bilan davolash mumkinmi?
Antibiotiklar viruslarga qarshi kurashishda samarali emas. Ulardan bakterial infeksiyalarni davolashda foydalaniladi.

8. Koronavirusni davolash kursi nimalardan iborat?
Koronavirusga qarshi maxsus tibbiy preparatlar mavjud emas. Biroq kasallikning ayrim belgilarini davolash mumkin.

9. Koronavirusni yuqtirib olish holatlarida qanday yo‘l tutish kerak?
Zudlik bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamini terish va bu haqida xabar berish, shuningdek tibbiy yordam kelguniga qadar bemorni boshqalardan izolyatsiya qilish kerak.

10. Vahimalar qanchalik asosli?
Kasallik jiddiy bo‘lsada, vahimaga tushishga asos yo‘q. Xotirjamlikni saqlang, gigiyena qoidalariga rioya qiling va gavjum joylarga borishni, safarlarlarni, turli kontaktlarni cheklab turing.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 46
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 62
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar